Aleksandr Xomyakov: "Men bashoratchi emasman"
29 mar 00:23
Yangiliklar


Aleksandr Xomyakov: "Men bashoratchi emasman"
- Derbilar doimo hissiyotlarga boy o'tadi. Menimcha bu derbi ham o'zini oqladi. Hissiyotlarga, gollarga, vaziyatlarga boy bo'ldi. Bunga ob-havo ham asosiy sababchi bo'ldi. Maydon ham futbol o'ynashga juda qulay bo'ldi. Qiziqarli o'yin bo'ldi, barchani hayajonda ushlab turdi. O'yin yakuni asabiy o'tdi. Umuman olganda kamchilik bo'lib qolganidan keyin ham hisobni tenglashtirish uchun oldinga tashlangan futbolchilarimga tan berish kerak. Boshqa yo'limiz ham yo'q edi. Barchasini to'g'ri tushunib turgandik. Ortimizda muxlislarga iborat katta armiya turibdi. Odamlar bizga qayg'urmoqda, ishonishmoqda va g'alaba kutishmoqda. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, ko'p jihatlar meni qoniqtirmadi. O'yinga bo'lgan rejamiz ishlamadi, bunday o'yin ko'rsatishimiz kerak emasdi. Raqib bizga o'yinga qo'yib berdi. Shu sababli boshqacharoq o'yin ko'rsatishimiz mumkin bo'lgandi. Biz raqibga moslashganimiz uchun ruhiy tomondan biroz ortda qoldik. Birinchi va ikkinchi bo'limdagi tezkor gollar esa bizni o'chirib qo'ya olmadi. O'yin yakunida esa ochko olishni uddaladik. Yigitlarga rahmat aytaman.
- O'yin uchun rahmat. So'nggi yillar davomida Sizning qo'l ostingizdagi "Andijon" bu stadionda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va "Navbahor"ga jiddiy qarshilik qilyapti. Bugun nimalar o'xshadi-yu, nimalar o'xshamadi? Umuman olganda so'nggi 3 yil davomida bu erdagi eng og'ir o'yin deb qaysi bahsni ayta olasiz?
- Har bir o'yin og'ir o'tyapti. Har bir uchrashuvning o'ziga hos borishi bor va har xil yo'nalishda o'tadi. Nimalar o'xshagan va o'xshamagani borasida ko'p gaplarni ochib tashlamoqchi emasman. Biz boshqacharoq o'yin ko'rsatmoqchi edik. O'tkazib yuborilgan birinchi golni hisobga olmamsak, bizni oldinga sakrata oladigan ayrim ishlarni bajara oldik, ikkinchi to'p uchun kurashda ko'p g'olib bo'ldik. Ikkala bo'lim boshida gol o'tkazib yuborganimiz esa juda yomon holat. Agarda yanayam aniqroq harakat qila olsak, rejalarni amalga oshirsa bo'ladi. "Navbahor" to'rttalik taktikaga o'tganidan keyin bizda muammolar boshlandi. Markazda to'pni ko'p yo'qotdik. Bu erdagi har bir o'yin og'ir o'tadi. Nimadir o'xshaydi, nimadir o'xshamaydi. Raqib imkoniyat bermaydi. "Navbahor" ham kuchli jamoa. Bugun omad biz tomonda bo'ldi. 10 kishi bo'lib ham jamoa taslim bo'lmadi va vaziyatni kutishdi. O'yindan ijobiy jihatlar topsa bo'ladi.
- O'tgan uchrashuvga qaraganda bugun ko'proq rotaciyaga qo'l urdingiz. Bunga sabab nimada?
- Hozirgi ob-havo sababli ayrim yigitlar kasal bo'lib qolishdi. Kreziu shamollagani uchun zaxiraga olindi. O'yindan oldin Oleg Zoteevning isitmasi ko'tarilib ketdi. Uni xavf ostiga qo'yishni istamadik. Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinni o'zgartira olishdi va gol urdik.
- Hakamlik haqida savol bermoqchiman: qizil kartochka borasida fikringiz qanday? Foldan keyin qizil kartochkani kutganmidingiz?
- Menga o'sha vaziyat boshqacha ko'rindi, yani, raqib futbolchisi fol ishlatgandek bo'ldi. Umuman olganda bu vaziyat menga ancha uzoqda edi. Holatni tribunadan yaxshiroq ko'rish mumkin. Bu holatni tushuntirish qiyin. Lekin o'sha vaziyatda fol mening futbolchimga qarshi bo'lgandek ko'rdim. Hakam etarli darajada tajribali, ayni damda o'zbek hakamlari orasidagi bayroqdorimiz. Ha, bazi qarorlar uchun bahslashsa bo'ladi. Lekin unga etirozim yo'q.
- Bugun "Andijon"ning ikkala golini "Navbahor" futbolchilari urib berishdi. O'yin davomida "Andijon"da ko'p ham vaziyatlar bo'lmadi. Bu kabi o'yin bilan OCHLga qanchalik tayyorman deya olasiz?
- O'yinning borishi menga yoqmadi. Lekin futbol xatolardan iborat. Agarda hech kim xato qilmasa, futbolning jangovarligi yo'qoladi. Muxlislar esa shu uchun stadionga kelishadi. Jamoam ham raqiblar ham xato qilishlarini istayman. Barchada muammolar bor, barcha xatolarni to'g'rilashga harakat qilmoqda. Biroq biz himoyada doimo raqiblarni o'tkazib yuboryapmiz. OCHLga hali vaqt bor. Xatolarni to'g'rilay olamiz. Nimalarni ishlash kerakligini yaxshi bilamiz. OCHLga umuman boshqacha holatda kirib borishni istaymiz.
- Mavsum oldidan yig'ilgan tarkib haqida nima deysiz? OCHLga yaqin qolganda jamoa yana kuchaytiriladimi?
- Futbolchilarimdan mamnunman, raqobatbardosh jamoa yig'ilgan. Ular bilan katta vazifalarni bajarish mumkin. Lekin bizda hozircha barcha bir-biri bilan kirishib keta olmayapti. Tarkibda yangi futbolchilar ko'p. Ko'ramiz, hali OCHLga vaqt bor. Himoyada va hujumda hali qilinishi kerak bo'lgan ishlar etarlicha.
- Vodiydan mamlakat chempionati va kubok sovrini uchun qaysi klublarning imkoniyatini yuqori baholaysiz?
- Men bashoratchi emasman. Hozir bizda hech qanday etakchilar yo'q. Endigina 3-turni o'tkazyapmiz. Jamoalar haqida biror nima deb bo'lmaydi. Barchaning imkoniyatlari etarlicha. Hamma kurashmoqda. Murabbiyga ko'p narsalar bog'liq. Natijaga tasir qiladigan tashqi tasirlar ham juda ko'p. Maydon, shamol, ob-havo va hokazo. Shu sababli hozir gapirish juda qiyin.
- "Andijon"ning maqsadi qanday?
- Maqsadlar yuqori. Har bir o'yinda g'alaba qozonish, muxlislarni xursand qilish va medallarga ega chiqish.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Зўр ўйин ва зўр мухлислик Анжанликлар келди✊