So’nggi yangiliklar

13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   0 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  3 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1

Ro'ziqul Berdiev: "Birinchi bo'limdagi vaziyatlardan foydalanganimizda yutib ketishimiz ham mumkin edi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Birinchi bo'limdagi vaziyatlardan foydalanganimizda yutib ketishimiz ham mumkin edi"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Neftchi" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yinda g'alabani o'z tomonimizga og'dirib ketsak bo'lardi. Buning uchun birinchi bo'limda yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalanishimiz lozim edi. "Neftchi" jamoasi 5 himoyachi bilan o'ynadi. Bu jamoa bilan o'yinlarda vaziyat yaratishning o'zi katta qiyinchilik tug'diradi. Etarlicha vaziyatlar yarata oldik, biroq unumli foydalana olmalik. Ikki jamoa ham g'alabaga loyiq emasdir. Shunday bo'lsa ham o'yin sifati muxlislarga manzur bo'ldi deb o'ylayman.

- Javohir Sidiqov almashtiriligiga sabab nima? Igor Golban maydonga tushishi himoya markazini mustahkamlash bilan bog'liqmi?

- 90 daqiqa o'ynash oson emas, shu bois Javohir Sidiqov o'rniga yangi kuchni maydonga tushirdik. Igor Golban mayda detallardagi bo'shliqlarni to'ldirish maqsadida o'yinga qo'shildi. "Neftchi"ning tezkor hujumlariga qarshi o'z rejalarimiz bor edi.

- Cholovichning maydonga tushmagaganiga sabab nima?

- Suhrob Nurullov o'tgan o'yinda ham yaxshi harakat qilgandi. Biz rotaciyalar qilib boramiz, har bir futbolchiga o'yin amaliyoti kerak. 

- Ikki jamoa ham chempionlik uchun kurashda nomi tilga olinadi. Lekin o'yin ham shunga munosib o'tdimi?

- Nazarimda hozir siz o'ylagan o'yinni hech qaysi jamoa ko'rsatib bera olgani yo'q. Mavsum boshida turli kamchiliklar ko'zga tashlanadi. Jismoniy imkoniyatlar bilan bog'liq jihatlar ko'p. Fikrimcha, har ikki jamoa ham chempionlik uchun kurasha oladi.

- Nasrullaevning holati qanday?

- Sherzod Nasrullaev biz uchun katta yo'qotish. Uning maydonda bo'lishi Oybek Bozorovga ham anchayin erkinlik yaratadi. Shuningdek, Umar Eshmurodov ham bugun maydonga tusha olmadi, unga dam berdik.

- Rubin Xebaychi? Uning holati bo'yicha malumot bera olasizmi?

- Xebay ayni damda serbiyalik mutaxassislar bilan davolanayapti. Tez orada safimizga qo'shiladi.




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика