So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  6 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Anvar Berdiev: "G'uzorda hech qachon futbolga bo'lgan muhabbat so'nmagan" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "G'uzorda hech qachon futbolga bo'lgan muhabbat so'nmagan"

Superliga o'tish o'yini doirasidagi "SHo'rtan" – "Olimpik" (1:0) bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Barchaga salom. Hozir nimadir deyishim mushkul. Superligaga chiqishimizni yil davomida kutdik. Ozgina omad etishmagan paytlar bo'ldi, kerakli o'yinlarda ochko yo'qotdik. Bizga oxirigacha ishongan rahbariyatga va muxlislarga rahmat. G'uzor xalqi Superligaga loyiq xalq. Futbolchilarimizni ham yo'llanma bilan muborakbod etaman. Xudoga shukrki, jamoamiz oldiga qo'yilgan maqsadni bajardik. Yuzimiz yorug' bo'ldi. 

- "SHo'rtan" Superligaga qanday jamoa sifatida qaytadi: kurashuvchan yoki Superligada jon saqlovchi?

- Hozir o'yindan keyin yigitlarga dam beramiz. Xabaringiz bor, "SHo'rtan" o'z vaqtida OFK Kubogida qatnashib yurgan. O'ylaymanki, jamoa oddiy o'yinlarda umuman ochko yo'qotmasligi kerak. G'uzor xalqi har bir uchrashuvdan keyin yaxshi kayfiyatda uyga qaytishi lozim. Nasib qilsa, uyda har bir jamoadan ochko tortib olamiz, mehmonda ham yaxshi natijalar uchun o'ynaymiz. 

- "SHo'rtan" 7 yildan so'ng yana Superligaga qaytdi. Bu kam muddat emas. Bu orada G'uzorda futbolga qiziqish pasaydimi?

- Men 7 yil haqida gapirolmayman. CHunki men ikkinchi yil ishlayapman. Jamoamiz o'tgan yili ham pley-offda o'ynagandi. Mana ikkinchi yil pley-off orqali Superligaga qaytdik. O'ylaymanki, G'uzorda hech qachon futbolga bo'lgan muhabbat so'nmagan. Ko'ryapmizki, akademiya, U-19 jamoalari yaxshi harakat qilmoqda. Keyingi yil, Xudo xohlasa, U-21 jamoasi ham bo'ladi. Aytmoqchimanki, G'uzorda bundan keyin ham futbol rivojlanib boradi. CHunki bu erda o'z ishining ustalari ishlamoqda.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика