Anvar Berdiev: "Futbolchilarimizni umuman taniy olmadim"
29 apr 09:35
Yangiliklar
Anvar Berdiev: "Futbolchilarimizni umuman taniy olmadim"
O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Qiziriq" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'yin haqida
- O'yin haqida nima deyish mumkin, futbolchilarimni butun uchrashuv davomida taniy olmadim. Yigitlar balki o'yinni oldindan yutib maydonga chiqishgandir. Bugungi o'yinda jamoamiz futbolchilarini umuman tanib bo'lmadi.
- O'yinga tayyorlangan reja qanday edi?
- Reja qanday bo'lishi mumkin? Faqat g'alaba uchun maydonga chiqqandik. Ko'p takrorlayman, raqibga hech qachon bepisand qarash kerak emas. O'yin davomida ruhiyatni o'zgartirish qiyin bo'ladi.
- Zaxiralar qanchalik o'zini oqladi?
- Mag'lub bo'lgan ekanmiz, butun jamoa yaxshi o'ynamadi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar ham o'yinni kuchaytirib bera olishmadi.
Fikrlar