Anvar Berdiev: "Futbolchilarimizni umuman taniy olmadim"

Khoja
29 apr 2024, 09:35
O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Qiziriq" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- O'yin haqida nima deyish mumkin, futbolchilarimni butun uchrashuv davomida taniy olmadim. Yigitlar balki o'yinni oldindan yutib maydonga chiqishgandir. Bugungi o'yinda jamoamiz futbolchilarini umuman tanib bo'lmadi.

- O'yinga tayyorlangan reja qanday edi?

- Reja qanday bo'lishi mumkin? Faqat g'alaba uchun maydonga chiqqandik. Ko'p takrorlayman, raqibga hech qachon bepisand qarash kerak emas. O'yin davomida ruhiyatni o'zgartirish qiyin bo'ladi.

- Zaxiralar qanchalik o'zini oqladi?

- Mag'lub bo'lgan ekanmiz, butun jamoa yaxshi o'ynamadi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar ham o'yinni kuchaytirib bera olishmadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia