"Eshitdik-da"ning insaydi tasdiqlandi: Anvar Berdiev iste'foga chiqdi

Sherzod Nurmatov
5 may 2025, 17:07
"Sho'rtan" jamoasi bosh murabbiyi Anvar Berdiev lavozimidan ozod etildi.

"Kecha Superliganing 8-tur doirasida "Sho'rtan" o'z maydonida “Dinamo” jamoasini qabul qildi va 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Jamoamiz Superliga doirasidagi 8 ta uchrashuvni 1 durang va 7 mag'lubiyat bilan yakunladi.                                                                      

"Sho'rtan" PFK rahbariyati vaziyatni tahlil qilib, bosh murabbiy Anvar Berdiev bilan shrtnomani muddatidan oldin bekor qildi", – deyiladi klub xabarida. 

Avvalroq Championat.asia sayti "Sho'rtan" bosh murabbiyi lavozimini tark etgani haqida xabar bergan edi.                                        

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Шўртан" матбуот хизмати