So’nggi yangiliklar

18:49Туркиялик дарвозабон терма жамоа ихтиёридан кетиб қолди. У асосий таркибга киритилмаганидан хафа  0 18:22Ўзбекистон U-14 терма жамоаси бу сафар Қозоғистондан енгилди  0 17:59"Ньюкасл" ФИФАдан 6,5 миллион фунт олади  0 17:22Зидан тарихдаги энг яхши жамоани айтди, бу "Реал" эмас  21 16:53МЮ "Арсенал" ва "Челси" қизиқаётган футболчи учун курашга қўшилди  0 16:29Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 0:1 (матнли трансляция)  134 16:02"Маргарет Тэтчер, эшитяпсанми, сайлов кампаниянг қизиган пайтда менда сенга бир хабар бор..."  1 15:54Қишда "Нефтчи"ни қайси футболчилар эркин агент сифатида тарк этиши мумкин?   5 15:40Ўзбекистон – Уругвай учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  6 15:20Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Уругвайда жиддий йўқотиш  5 14:53Футбол бозорида янги давр: "Барселона" Ямаль учун мисли кўрилмаган таклиф олди!  10 14:26Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлик ўйинлари олдидан йиғин ташкил этади  0 13:58"Реал" Ҳоланд учун ҳаракатни бошлади  3 13:31Марсело Бьелса: "Рақиб жамоада Фабио Каннаваро каби юқори малакали мураббий бошчилик қилаётгани биз учун синов"  5 13:05"Қишки тозалаш": "Арсенал" 3 нафар футболчиси билан хайрлашади  1

Anvar Berdiev: “Futbolchilarimiz bugun qandaydir ishonchsiz harakat qilishdi” Yangiliklar

Anvar Berdiev: “Futbolchilarimiz bugun qandaydir ishonchsiz harakat qilishdi”

Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan “Mashal” - “SHo'rtan” (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- “Mashal” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Futbolchilarimiz bugungi uchrashuvda qandaydir ishonchsiz harakat qilishdi. Buni ko'rib chiqib, tahlil qilamiz.

- G'uzordagi o'yinda jamoaningiz “kambek” evaziga “Mashal”ni mag'lub etgandi. O'sha va hozirgi “SHo'rtan” o'rtasida qanday farq bor?

- Farq yo'q albatta. Lekin o'yinda farq bo'ladi. Futbolchilarning o'yinga tayyorgarligi va ishtiyoqi ko'p narsani hal qiladi. Bizda bugun ishtiyoq etishmagandek ko'rindi.

- Voha derbisi kabi markaziy o'yinlarda legionerlarga ehtiyoj sezasizmi?

- To'g'risi, mahalliy futbolchilarga ishonch bildiraman. Legionerlar bilan ishlash hohlaysizmi, yo'qmi qiyin. Mahalliy futbolchilarga ko'proq imkon bersak, bu futbolimiz uchun foydali bo'ladi.

- Qiyinchilik moddiy jihatdanmi yoki til bilan bog'liq muammo tufaylimi?

- Til masalasi ham bor. Futbolchilik vaqtimda ko'rganman, legioner futbolchilar kamdan-kam holatda jamoa uchun jon kuydirib o'ynaydi. Asosan mahalliy futbolchilarga imkon berishga shu boisdan ham harakat qilaman.

- “SHo'rtan” Pro-ligada gol o'tkazib yuborish bo'yicha 3-o'rinda ekan. Davralar oralig'ida himoyani mustahkamlash bo'yicha qanday ishlar olib bordingiz?

- Davralar oralig'ida himoya chizig'i bo'yicha ishladik. Futbolchi maydonga chiqqanida hushyorlikni yo'qotmasligi lozim. Hakam hushtagi chalinib boshlangandan to tugagunicha hushyorlik talab etiladi, yoki raqib sizni jazolaydi.

- Bugun Pro-ligada VAR tizimi ishlaganiga guvoh bo'ldik. Bu haqida fikringiz qanday?

- Albatta, VAR tizimi bo'lgani yaxshi. Futbolchilar maydonda ehtiyotkor harakat qilishadi. Superligada ko'rayapmiz, har bir futbolchi o'z harakatlarini nazorat ostiga olayapti. VAR tizimi bo'lsa, bu yaxshi.

- Bugungi natijadan so'ng “Mashal” jamoangizdan 7 ochkoga ilgarilab ketdi. Nima deb o'ylaysiz, birinchi va ikkinchi o'rinlar uchun kurash davom etadimi?

- Albatta, kurash mavsum oxiriga qadar davom etadi. Pro-ligada o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi. Har bir ochko uchun kurash jiddiy kechayapti.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика