So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  6 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

Antuan Grizmann - soyadagi qahramon. Qatarda u Zidan va Kante rolini o'zida birlashtira oldi Yangiliklar

Antuan Grizmann - soyadagi qahramon. Qatarda u Zidan va Kante rolini o'zida birlashtira oldi

Antuan Franciya termasi safida bor yo'g'i besh yil ichida 73 ta uchrashuv o'tkazdi.

Grizmann hammadan ko'proq o'zgargan

Desham terma jamoa sovrin va finallarni istasa, asosiy tarkibda Antuan bo'lishi kerak deb hisoblaydi. Bazi malumotlarga ko'ra, 2017 yil yozida Angliyaga qarshi uchrashuvdan keyin Grizmann milliy terma o'yinlarini o'tkazib yubormaydi. Biroq aynan bu musobaqada u Franciyaga boshqacha tomondan foyda keltirmoqda. To'rt yil avval Antuan hujumda Jiru bilan tandemda harakat qilgan, Millatlar Ligasida esa undan "o'nlik" "yasamoqchi" bo'lishdi.

O'shanda Desham deyarli barcha qarorlarda adashgandi Millatlar Ligasida markazda Tchuameni va Pogba chinakamiga juftlik bo'la olmadi, bunga Polning jarohati qarshilik qildi. Hujumning oldingi chizig'ida Benzema va Mbappega orqaroqdan Grizmann yordam berishi Evro-2020da istalgan natija keltirmadi. SHveycariyaga qarshi o'yinda "3-5-2" taktik sxemasiga o'tish va chap qanot laterali rolida Rabo o'ynashi ish bermadi.

Franciya yana bir final yo'lida o'zini izlash bilan ovvora bo'ldi, asosiy tarkibga nomzod bo'lgan qator futbolchilarni yo'qotdi – katta Ernandes, Kante, Pogba va Benzema, yana bazi sabablarga ko'ra jahon chempioni Umtiti. Qatardagina to'g'ri yo'lga tushib olish muvaffaq bo'lishgandek. CHaproqda Teo, Raboga markazda boshqa ish topildi, Kunde esa o'ng qanotda.

Eng jiddiy ravishda o'zgargan qaxramon asarning markaziy figurasi, degan gapni eshitgan bo'lsangiz kerak. Bundan kelib chiqadiki, Franciya bu Mbappe emas, sababi Kilian "Monako"dagi davridan tezligi va driblingi evaziga qanotdan oldinga o'tishga urinadi. Tchuameni ham emas, Teomas, Jiru va yoki Rabo ham emas. Unday bo'lsa asosiy qaxramon Antuan, sababi aynan Grizmann butun maydon bo'ylab bo'sh hududlarni egallamoqda.

Veteran Kantega aylanib qolgandek

Grizmann eng yaxshi sport formasidagi Kante singari butun maydon bo'ylab harakatlanayotganidan hatto Pogba ham ajablanayotganini yashirib o'tirmadi. Drogba ham "shokda". CHunki yaqqol forvardning jamoaviy futbolchiga aylangani, qora ishni bajaradigan o'yinchiga aylanishini kamdan-kam ko'ramiz. Desham bu yurish orqali Grizmann — Serxio Xavinestaga aylanishi foyda keltirishini avvaldan bilgandek. 

Millatlar Ligasidagi Franciya – 18 ochkodan bor yo'g'i 5 ochko, guruhdagi uchinchi o'rin, endi butkul o'zgargan. Buning barchasi faqatgina bir inson tufayli emas, lekin Grizmann chinakamiga katta ishni bajara oldi. Antuan doimo maydonda qo'llab-quvvatlashlariga muxtoj bo'lardi. San-Sebastyanda unga Martin Lasarte yordam berardi.

Grizmann esa ich-ichidan bolaligicha qolgan, uning o'yini kayfiyatiga juda qattiq bog'liq – bu haqida uning murabbiyi Lasarte ham aytgan. "Barselona"da Antuanning ishlari umuman yurishmadi. O'sha vaqtlarda moliyaviy muammolar, klubning omadsizliklari — barcha-barchasiga aynan francuzni bosh aybdordek qilib ko'rsatib qo'ya qolishdi.

Hattoki Simeoneda ham ikkinchi forvard mundialdagidek katta hududda harakat qilmagan. Bu maydonda harakatlanish, bajariladigan ish ko'lami bo'yicha huddi Kantening o'yin uslubi. To'p bilan ko'p marta muomalada bo'lish, raqibning o'yinidan kelib chiqib, qanotlarda paydo bo'lish. Inglizlar va marokashliklarga qarshi o'yin bir-biridan tubdan farq qilardi. Antuan o'z jamoasi himoyasidagi bo'sh zonalarni izlab, ularni sezdirmaslikka urindi.

Faollik kuchsiz jihatlarni "yopib ketyapti"

Futbolchining emas, jamoaning kuchsiz tomonlarini. Grizmann har o'yin o'rtacha 1.8 tadan to'pni olib qo'yish, 1 tadan to'pni ilib ketish va 0.8 tadan to'pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirishni amalga oshirmoqda. Bazan raqib himoyachisini taqib qilishga eringan forvard, maydonni "yondirmoqda". Qo'shimchasiga vaziyatlar yaratmoqda – 21 ta yaratilgan vaziyat bilan Grizmann bu borada Jahon chempionatida etakchilik qilmoqda. Vaholanki, Messi francuzdan ko'proq daqiqalarni maydonda o'tkazdi. Ammo Franciyaning Angliya va Marokashga qarshi tanaffusdan keyin ko'rsatgan o'yini qanchalik yoqdi?

Nazarimizda unchalik emas, har ikki uchrashuvda vaziyatlar bo'ldiki, Deshamning barcha ishi, penalti orqali, bir pul bo'lishi mumkin edi. Marokashga qarshi o'yinda hakamlar penalti qo'yishni istamagan bo'lsa, Keyn to'pni osomonlarga ravona qildi. Rabosiz Franciya markazda muammolarga duch kelayotgani aniq. Fofana markaziy himoyachi bo'lsada, tayanch zonada afrikalik yigitlarni to'xtata oldi, deya olmaymiz.

Argentina Marokashdan ayyorroq. Francuzlar Rabo maydonga tushishidan umidvor. SHu bilan birga ular Grizmann yana bitta zo'r o'yin o'tkazishini orzu qilishmoqda. Antuan himoya uchun muhim figura, u hujum mantig'ini yaxshi tushunadi, shuning uchun ham raqibning harakatlarini o'qiy olmoqda. SHuningdek, uning birinchi uzatmasi ham ajoyib mavzu.

Bir qarashda Grizmann musobaqaga optimal holatda kelmagandi. Kim biladi deysiz, balki klublarning "ochko'zligi" futbolchi ko'proq kuch saqlab qolishiga zamin yaratgandir. "Barselona" va "Atletiko" Antuan nechta o'yinda, necha daqiqadan o'ynashiga qarab oldi-berdi qilishlari haqidagi xabarlarni o'qigandirsiz. Tomonlar muzokara o'tkazayotganida Grizmann Qatardagi mundialga kuch to'plab turardi.

Antuan musobaqaning eng foydali o'yinchisi?

Katta ehtimol mundialning eng yaxshi futbolchisi PSJ vakillaridan biri – Messi yoki Mbappe bo'ladi. Aytgancha, odatda sovrinni mag'lub bo'lgan jamoa etakchisiga berishadi. Ronaldo, Kan, Zidan, Forlan, Messi va Modrich oltin medalsiz "JCH Oltin to'pi"ga loyiq ko'rilgan. Grizmann JCH-18da uchinchi bo'lgan, ammo unga jamoaviy sovrin muhimroq bo'lsa ajab emas. Antuanning ayoli Erika haq bo'lib chiqdi.

Bir yil avval u Grizmannni qo'llab-quvvatlovchi so'zlarni yozib qoldirgan:

"Sen, juda qiyin bo'lishiga qaramay, qattiq mehnat qilishingni bilaman, ammo asosiysi – sabr. Kutishni bilgan inson kun kelib, munosib tarzda mukofotlanadi".

Grizmann yillar davomida hozirgi darajasida o'ynash uchun Leo Messi emas. "Barselona"da – Buskets, Xavi va Inesta bor tarkibda, francuz muhim xavbekka aylana olmadi. Bunga qaysidir manoda Antuanning temperamenti ham halaqit qildi. Antuan o'ttiz bir yoshda, lekin uning maydonda o'zini tutishi, futboldan yosh bolalarcha zavq olib harakatlanishidan zavq olib ulgurishimiz zarur. Sababi Grizmannning yana yalqovligi tutib qolmasligiga hech qanday kafolat yo'q. 

Biroq "ko'k-anorranglilar" safida faoliyati yurishmagan yigit, jahon chempionati finalida aynan "Barselona" timsoliga aylangan futbolchiga qarshi ro'baro kelayotganda, faqat Mbappe haqida gapirish to'g'ri bo'lmas. Franciya kuchli, ammo ideal emas. 

Grizmann Franciyaning o'yinida bog'lovchi rolini ajoyib tarzda bajarmoqda va bu ishni Mbappe qila olmaydi. Kilian aytaylik Zidan bo'lishi uchun juda ko'p "qora ishni" bajarishi kerak bo'lardi va "rivoklarga" kuchi qolmasdi. Argentina pressingi – jahon chempionlari uchun qiziq qarshilik bo'ladi. Franciyaning finalgacha etib borishi esa nafaqat Kilian, Olive, Teo yoki Orelenning xizmati. Grizmann katta futbolga qaytdi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Messi Maradona bo'lib ulgurdi, Mbappe xuddi Peledek o'yinlar ko'rsatdi, biroq Grizmanndan Kante-Zidan varianti katta yangilik. Avstraliyaga qarshi o'yinda Antuan o'z jamoasi darvozasiga o'ttiz metrdan yaqinroq hududda to'pni biror marta qabul qilmadi. Marokashga qarshi u 3 marta to'pni ilib ketdi, 3 marta to'pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi, 2 marta to'pni olib qo'ydi va 1 zarbaga blok qo'ydi. Grizmann Qatarda o'zining qonunlarini buzib tashlayapti va bu shunchaki super.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика