Antonio Konte: "UEFAning qarori - Italiya futboli uchun katta yutuq"
20 sen 2014 14:27
Yangiliklar
Antonio Konte: "UEFAning qarori - Italiya futboli uchun katta yutuq"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Rimning Evro2020 o'tkaziladigan shaharlardan biri bo'lgani haqida izoh berdi.
"UEFAning qarori - Italiya futboli uchun katta yutuq. Bu barcha futbol xo'jaliklari uchun o'sish va o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat. Men murabbiyman va shu bilan birga yoshlar sektoriga ham javobgarman. Mening ishim kelajakka bag'ishlangan va mening vazifam Evro2020da o'ynay oladigan yoshlarga o'sishda yordam berish. Evro2020ning bir nechta o'yinlarini o'z eringizda o'tkazish o'zgacha his bag'ishlaydi" - deydi Konte.
Fikrlar