

“Everton” kuchli jamoa va ular bizga qarshi jiddiy hozirlik ko'rishgandi. Biz xotirjamlik bilan gol urish uchun imkoniyatimizni kutdik va bu vazifani uddaladik. Biz g'alabaga loyiq edik.
Bu kabi o'yinlarda balansni ushlash juda qiyin. Shu sabab tanaffusda yigitlarga o'zlarini bosib olishlarini va o'yinda qolishlari lozimligini ta'kidladim. Pedro betakror gol kiritdi. So'ngra ikkinchi va uchinchi gollarni kiritdik. Bu shunchaki osonlik bilan amalga oshmadi.
Bu kabi g'alabalar bizga ishonch bag'ishlaydi. Biz keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Maqsad sari dadil intilishimiz lozim. Keyingi turda “Midlsbro” bilan bahsda biz sovrin yutmaymiz, lekin uni qo'ldan boy berishimiz mumkin”,- deydi Konte.



