Antonio Konte: Balotelli o'zgarmagan
18 noy 2014 23:15
Yangiliklar


Antonio Konte: Balotelli o'zgarmagan
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte mamlakat futboli orqaga ketayotgani va futbolchilar ishlashni istashmayotganini aytib o'tdi.
Italiya futboli hozir umuman boshqa yo'nalishdan ketmoqda. Agarda shu narsa davom etsa, unda bu katta inqirozga olib kelishi aniq. Men Italiya terma jamoasiga kelsam, futbolchilarim katta ishtiyoq bilan ishlashlariga to'liq ishonchim komil edi. Ammo hozir bu narsalarga guvog'h bo'lmayapman. Bazi futbolchilar shunchaki mashg'ulotlarda ishlashni xohlashmayapti. Men "Yuventus"da ishlaganimda faqat klub haqida o'ylardim. Hozir esa vaziyat o'zgargan. Ko'p narsalarga boshqacha yondoshmoqdaman. Balotellini o'zgartirishni ilojisi bo'lmayapti. Mario o'zgarmagan. Ko'p narsa futbolchilarga bog'liq. Ammo menda ko'p o'ylab o'tirishga vaqt oz.

Fikrlar