Ansu Fati – LaLiga'da uchinchi, klub tarixida esa birinchi
01 sen 2019 01:00
Yangiliklar
Ansu Fati – LaLiga'da uchinchi, klub tarixida esa birinchi
Ispaniya chempionatining 3-turida Barselona safarda Osasuna bilan durang (2:2) o'ynadi.
Bahsning ikkinchi taymida kataloniyaliklar safidagi Nelson Samedu o'rniga maydonga hujumchi Ansu Fati tushirildi va u bir necha daqiqalardan keyin boshi bilan gol urib, o'yindagi muvozanatni tiklagandi. Mazkur aniq zarba tufayli futbolchi «Barselona» safida LaLiga'da debyut golini urgan eng yosh futbolchiga aylandi. U bu natijaga 16 yosh, 304 kunligida erishdi. Avvalgi ko'rsatkich esa Boyan Krkichga (17 yosh, 53 kun) tegishli edi.
SHuningdek, Ansu Fati Ispaniya chempionati tarixida gol urgan yoshi eng kichik futbolchilar orasida uchinchi natijani qayd etdi. Undan yuqoriroqda esa Fabris Olinga (16 yosh, 98 kun) va Iker Munyain (16 yosh, 289 kun) joy olgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar