Ansu Fati Ispaniya terma jamoasida so'nggi 84 yilda debyut qilgan eng yosh o'yinchi bo'ldi
04 sen 2020 11:31
Yangiliklar
Ansu Fati Ispaniya terma jamoasida so'nggi 84 yilda debyut qilgan eng yosh o'yinchi bo'ldi
"Barselona" yarim himoyachisi Ansu Fati Ispaniya terma jamoasi rekordchilaridan biriga aylandi.
Fati Millatlar Ligasi 1-turi doirasidagi Germaniya (1:1)ga qarshi o'yinda 46-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi. Ansu bu paytda 17 yosh 308 kun edi.
SHunday ekan u Ispaniya terma jamoasida so'nggi 84 yilda debyut qilgan eng yosh o'yinchi bo'ldi. Bunga qadar undan yosh futbolchi ikki nafar bo'lgan - Pedro Regeyro (17 yosh 161 kun, 1927 yilda) va Anxel Zubieta (17 yosh 282 kun, 1936 yilda).
Oldinroq, Ansu Fatining yangi agenti Jorje Mendesh bo'lgan edi. U shuningdek Krishtianu Ronaldu, Xames Rodriges va Diego Kostaning ham agenti hisoblanadi.
17 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsum "Barselona" libosida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 1ta assist qayd etgan edi.
Fikrlar