Anri: "Bosh murabbiylikka qaytmoqchiman"
24 dek 2022 21:10
Yangiliklar
Anri: "Bosh murabbiylikka qaytmoqchiman"
"Monako" va "Monreal Impekt"ning sobiq ustozi Terri Anri bosh murabbiylik faoliyatiga qaytish istagi borligini aytdi.
"Ha, hozir balki gaplarimni o'ylamasdan gapirayotgandek tuyulayotgandirman. CHunki Belgiya termasi bosh murabbiyi yordamchisiman. Umid qilamanki, men ham bosh murabbiylikka qaytaman. Buning uchun menga mos tushadigan loyiha kerak.
"Monako"ni boshqargan paytimda 13 futbolchi jarohatlangan edi. Menga 2 yarim oy vaqt berishdi va jamoadan ketkazib yuborishdi. "Monreal Impekt"da ishlaganimda esa 4 oylab vaqt davomida bolalarimni ko'rmadim, undan tashqari, pandemiya davriga to'g'ri kelib qoldi.
Balki g'alati ko'rinishi mumkin, biroq imkoniyat bo'lishi bilan bosh murabbiylikka qaytaman", - dedi Anri.
Fikrlar