"Ankaraguju" prezidenti futboldan bir umrga chetlashtirildi
15 dek 2023 15:30
Yangiliklar
"Ankaraguju" prezidenti futboldan bir umrga chetlashtirildi
Bu haqda Turkiya Futbol Federaciyasi sayti xabar berdi.
"Ankaraguju" prezidenti Faruk Koja hakam Halil Melerni kaltaklagani uchun umrbodga diskvalifikaciya qilindi.
Bundan tashqari, "Ankaraguju" 2 million lira (taxminan 69 ming dollar) jarima to'laydi va beshta uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazadi.
Avvalroq tergov doirasida policiya tomonidan qo'lga olingan Koja klub prezidentligidan istefoga chiqqan edi.
Mamlakat professional futbol ligalarida voqea sabab qoldirilgan o'yinlar 19 dekabrdan boshlab davom ettiriladi.
Fikrlar