Angliyaga qarshi o'yin oldidan Neymarning Braziliya safidagi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov
14 noya 2017, 21:51
Bugun tunda ikki gigand jamoa Angliya va Braziliya terma jamoalari o'rtoqlik o'yinida o'zaro bellashadilar.

Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadigan va "Uembli" mezbonlik qiladigan o'yindan oldin braziliyaliklar mashg'ulot o'tkazishdi. Aslida, Braziliya terma jamoasi mashg'ulotidan fotogalereyani e'tiboringizga havola etmoqchi edik. Ammo, shu maqsadda "GettyImages"dan qidirganimizda futbol sehrgarlari yurtining mashg'ulotidan joylangan rasmlarning deyarli barchasi Neymar aks etgan kadrlar bo'lib chiqdi. Faqatgina uchta kadrda PSJ hujumchisi yo'q. Shuning uchun bu galereyani Neymarga bag'ishlab qo'ya qoldik. Hamma ham 222 million evrolik o'yinchi bo'lsin ekan :)

Neymar mashg'ulotga kirishdi.

Neymar mashg'ulotda faollashdi.

Iya, bu kadrda Neymar qani? )

Eng qimmat futbolchi yolg'iz.

Faqat Neymarni rasmga olishayotgani o'yinchilardan kimgadir yoqmadi va u hujumchini tepib qo'ya qoldi. )

222 million evro mag'rur ketmoqda...


GettyImages suratlari yordamida tayyorlandi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia