So’nggi yangiliklar

09:55«Ливерпуль» Слот учун «Фейеноорд»га қанча товон тўлагани маълум  1 09:31Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги маоши маълум  3 09:05Хушбек Қосимов: "Мақсадимиз ёш футболчиларни катта футболга муносиб тайёрлаш"  1 08:39Кутганмидингиз? Тен Хаг ёзда «Манчестер Юнайтед»ни тарк этади  17 08:13Неъматилло Қуттибоев: "Цементчи" Биринчи лигада рақобат ярата олади"  1 07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  4 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0 07:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  1 07:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  4 06:55U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0 06:50U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  10 01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  64 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  5

Angliyada "to'polon": futbolchilar pul tufayli ham klub, ham Sog'liqni saqlash vazirligi bilan ziddiyatga borishmoqda Yangiliklar

Angliyada "to'polon": futbolchilar pul tufayli ham klub, ham Sog'liqni saqlash vazirligi bilan ziddiyatga borishmoqda

Hatto dunyodagi eng boy ligada ham koronavirus tufayli "oqibat buzilmoqda".

Muvaffaqiyatsiz muzokaralar

SHu kunlarda butun dunyo onlayn rejimiga o'tdi, jumladan, Angliya Premer-ligasi ham. SHanba soat 15:00 ingliz futboli uchun muhim vaqt ekanligini hamma biladi, ushbu vaqtda (mahalliy vaqt bilan) turning ko'p o'yinlari boshlanardi. 4 aprel kuni aynan shu vaqtda Professional Futbolchilar Associaciyasi (PFA), Premer-liganing barcha 20 klubi futbolchilari, shuningdek, Liga Murabbiylari Associaciyasi (LMA) vakillari ishtirokida keng qamrovli videokonferenciya bo'lib o'tdi. Maqsad Angliya Premer-ligasi klublari va futbolchilari o'rtasidagi yillik ish haqini 30 foizga qisqartirish va qisqartirish mumkin bo'lgan variantlarni muhokama qilish edi.

Muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi. The Athletic videokonferenciyada ishtirok etgan yuqori lavozimli amaldorning so'zlaridan iqtibos keltirdi: "Mutlaqo foydasiz". Ammo, Angliya Futbol Associaciyasi (AFA) kechqurun tavsiyalarga qo'shilmasligi to'g'risida bayonot berdi: 

"Liganing yillik maoshini 30 foizga qisqartirish taklif qilinganligi Premer-liga klublariga 500 million funtdan ko'proq summani tejashga imkon beradi, ammo hukumat 200 million funtdan ko'proq soliq chegirmalaridan mahrum bo'ladi. Ushbu yo'qotishlar Milliy sog'liqni saqlash xizmatiga qanday tasir qilishini bilasizmi? Premer-liga taklif bilan chiqayotganida buni hisobga oldimi? Angliya sog'liqni saqlash vaziri Mettyu Xenkok futbolchilarning oyliklarini qisqartirishni so'raganida buni inobatga oldimi?”

Runi “g'azab otiga mindi”

Xenkokning bayonoti ko'pchilikka yoqmadi. Xususan, Ueyn Runi o'z g'azabini yashirib o'tirmadi:

 "Agar hukumat mendan hamshiralarni pul bilan taminlashni yoki maxsus moslamalarni sotib olishni so'raganida men buni sharaf bilan bajargan bo'lardim".

"Men maoshimni qisqartirishlariga roziman va bunga imkoniyatim etadigan darajadaman. Ammo hamma futbolchilar ham bu holatda emas. Hozir barcha kasb egalariga tahdid solishmoqda va ish haqlarini 30 foizga kamaytirishni talab qilmoqdalar. Nega futbolchilarni "axlatga aylantrishmoqda?" So'nggi kunlarda sodir bo'lgan voqealar - sharmandalik. Ular bizni g'alaba qozonib bo'lmaydigan holatga tushirishdi".

Runi Buyuk Britaniyadagi media-futbolning eng taniqli odami Gari Lineker tomonidan qo'llab-quvvatlandi - u nima uchun tanlov bankirlarga, yirik korporaciyalar rahbarlariga va millionerlarga emas, balki futbolchilar chekiga tushayotganiga hayron bo'ldi. Sobiq jamoadoshi va televideniening yana bir vakili Gari Nevill ham ularni qo'llab-quvvatladi. "Manchester Yunayted" sobiq sardori Premer-liga rahbariyatining qarorini maqullamasligini takidladi.


Futbolchilar yordam berishni xohlaydi(mi)?

SHanba kuni bo'lib o'tgan virtual uchrashuvni mutlaqo befoyda deb atay olmaymiz, chunki u tugagach, Premer-liganing barcha 20 klubi sardorlari WhatsApp'da chat yaratdilar, ular u erda muammolarni tezda hal qilish va ish beruvchilarning qadamlari haqida bir-birlarini xabardor qilib borishni rejalashtirdilar. Etakchi klublardan birining futbolchilari oylik maoshlari 30 foizga qisqarishidan bosh tortishgan, ammo to'lovlarni kechiktirishlariga rozi bo'lishgan.

Nega futbolchilar qarshi? Buning ikkita asosiy sababi bor. Birinchisi, Runi aytganidek, siz barcha o'yinchilarni bir-biriga tenglashtira olmaysiz. Albatta, Angliya Premer-ligasida juda ko'p o'yinchilar bor, ammo Sog'liqni saqlash vazirligi quyi ligalar vakillarini ham nazarda tutgan - u erda futbolchilar kamroq maosh olishadi va maoshlarining uchdan bir qismi qisqarishi hamyonlariga "qattiq zarba beradi". Bundan tashqari, AFA zaif ligalar bilan bog'liq vaziyatdan xavotirda, chunki ko'plab klublar pandemiyada omon qolmasligi mumkin. Hattoki "Byornli" prezidenti Mayk Garlik mavsum tiklanmasa, klub avgust oyida pulsiz qolishini bildirdi. Premer-liga ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi divizionni boshqarish uchun 125 million funt ajratishi lozim. Ammo Professional Futbolchilar Associaciyasi fikricha, bu etarli emas va quyi ligalarni moliyalashtirishni muntazam olib borish kerak.

Ikkinchi va asosiy sabab - o'yinchilarning noroziligi: ular ish haqining pasayishi koronavirus yoki iqtisodiy yo'qotishlarga qarshi kurashda qanday yordam berishini tushunishmayapti. The Athletic nashrining xabariga ko'ra, futbolchilar dastlab bu 30 foiz mablag' klub xodimlarining oylik maoshlarini qoplashga ketadi deb o'ylashgan. Ammo "Tottenxem" allaqachon hukumatning dasturidan foydalandi, unga ko'ra ishchilarga oyliklarning 80 foizi to'lanadi va londonliklar futbolchilarning bank kartalaridan "urib qolmoqchi". "Liverpul", "Norvich", "Bornmut" va "Nyukasl" ham hukumatning inqiroz sxemasiga murojaat qilishdi, bu nafaqat muxlislarni, balki futbolchilarni ham hayratda qoldirdi. Bu rasmiy ravishda shuni anglatadiki, endi ushbu klublarning ishchilari soliq to'lovlaridan pul olishadi va futbolchilarda o'zlari xayriya qilgan 30 foiz pullari nimaga yo'naltirilishi haqida savol tug'iladi. Agar klublar bankrotlik xavfi ostida ekanliklarini isbotlay olmasa, bu mablag tibbiy xizmatlarga yoki muhtojlarga yuborilishi lozim bo'ladi.

Futbolchilar "ikki o't orasida" qolishdi 

Futbolchilar qo'llaridan kelganicha faol tarzda yordam berishadi. Masalan, "Nyukasl" va "Kardiff Siti"dan aka-uka Jeykob va Josh Merfi qariyalarga ovqat etkazib berishda ko'ngilli ravishda yordam berib kelishmoqda. David de Xea Madridning tibbiy xizmatiga 300 ming evro o'tkazib berdi. Jordan Xenderson Premer-liga klublarining barcha sardorlarini jamoadoshlaridan xayr-ehson to'plashga chaqirdi, ammo Premer-liga bayonotidan so'ng, futbolchilar rahbarlarning rejasini tushunish uchun tanaffus qilishga qaror qilishdi. Mablag yig'ish to'xtatildi va bu vaziyatda vaqt juda muhimdir. Xabar qilinishicha, "Liverpul" futbolchilari klub egalarining hukumat sxemasidan foydalanish qaroridan norozi bo'lishdi - bu klub obro'siga jiddiy zarba bo'lib kelyapti, ijtimoiy tarmoqlar qahr-g'azabga to'ldi, matbuot buni sharmandalik deb atadi va barcha salbiyliklar Xenderson boshchiligidagi futbolchilarning yaxshi tashabbusiga putur etkazdi. Bundan tashqari, ayrim insonlar hatto o'yinchilarni qurbonlar emas, johillar deb bilishmoqda.

Agar o'yinchilar xayriya haqida o'ylashsa, unda klublar yo'qotishlarni minimallashtirishning har qanday usulini qidirmoqdalar. Uchrashuvlardan hech qanday daromad olinmaydi va mavsum xavf ostida qolmoqda - Angliya matbuoti, agar qolgan to'qqiz tur bekor qilinsa, klublar telekanallarga 762 million funtni qaytarishga majbur bo'lishini malum qildi. Yillik ish haqining pasayishi ushbu summaning bir qismini qoplaydi.

Premer-liganing tashabbusiga klublarning o'zlari ham har xil munosabatda - agar "Liverpul" o'zining ulkan foydasi borligiga qaramasdan davlatdan yordam so'rasa, "Manchester Siti" moliyaviy feyr-pleyni qo'pol ravishda buzgan holda, barcha xodimlarga, futbolchilarga, murabbiylarga maoshlarini to'liq hajmda to'lashini elon qiladi. SHanba kungi uchrashuv hech narsani hal qilmadi, keyingi konferenciya yangi hafta boshiga rejalashtirilgan. Ammo, aftidan, futbolchilar maoshlari 30 foizga qisqarishiga tayyor emaslar. The Athletic'ning yozishicha, bu futbolchilar va ish beruvchilar o'rtasida kechayotgan Premer-liga 28 yillik tarixidagi eng keskin munosabatlardir.

SHerzod Nurmatov tarjimasi


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика