Angliya yoshlar terma jamoasi posboni "Everton"ga o'tishga yaqin
13 iyu 2017 13:45
Yangiliklar
Angliya yoshlar terma jamoasi posboni "Everton"ga o'tishga yaqin
"Sanderlend" darvozaboni Jordan Pikford "Everton"ga o'tishga yaqin turibdi.
Ikki klub vakillari Angliya yoshlar terma jamoasining 23 yoshli darvozaboni borasida 30 mln. funtlik kelishuvga erishishdi.
Pikford Polshada bo'lib o'tadigan U21 Evropa chempionatida ishtirok etadi. Turnir yakunlanganidan so'ng tibbiy ko'rikdan o'tish uchun "Everton" safiga yo'l oladi.
So'nggi mavsum Pikford Premer-liganing 29 ta uchrashuvida 50 ta gol o'tkazib yubordi.
Fikrlar