

31 yoshli posbon bitta klub safida Premer-ligada 300 ta o'yin o'tkazgan ikkinchi angliyalik darvozaboni bo'ldi. Bungacha "Arsenal" safida 325 ta o'yinda maydonga tushgan afsonaviy Devid Simengina bu ko'rsatkichga erishgan edi.

APLning 7-turida "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1)da Pikford yubiley o'yinida qatnashdi. Jek Grilishning zarbasi "irislar"ning g'alabasini taminladi.
Pikford 2017 yildan buyon "Everton" sharafini himoya qiladi. Darvozabon joriy mavsum 6 o'yinda ishtirok etib, ulardan 2 tasini "quruq" o'tkazdi. "Irislar" darvozaboni Angliya terma jamoasida 78 o'yin o'tkazgan.



