Angliya terma jamoasi futbolchisi JCH-2018 vaqtida tansoqchi yollash niyatida

Aslanov Jasurbek
26 mar 2018, 11:24
Angliya terma jamoasining nomi oshkor qilinmayotgan futbolchisi Rossiyada o'tadigan jahon chempionatiga shaxsiy tansoqchisi bilan bormoqchi.

Shaxsiy tansoqchining bir soatlik xizmati 40 funtni (46 evro) tashkil qiladi. Bundan tashqari, futbolchi uning yashashi va uchishi uchun chiptalarini to'lashi kerak. Ushbu xizmatning JCH-2018dagi umumiy narxi 7 ming funt (8 ming evro) bo'ladi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi futbolchining oilasi va do'stlari uchun Sankt-Peterburgga 5-10 kunlik sayoxatni taklif qilmoqda, bu xarajatlarni mehmonlarning o'zi qoplashi kerak. Biroq futbolchilar ularning yaqinlari uchun xavfsizlik taminlanishi haqida ma'lumotga ega emas.

O'yinchilar mehmonxonadan tashqarida ularning oilalari xavfsizlikda bo'lishini istashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph