Angliya Superkubogida qaysi jamoalar to'qnash kelishi malum
19 may 2019 00:15
Yangiliklar


Angliya Superkubogida qaysi jamoalar to'qnash kelishi malum
Manchester Siti mavsum davomida Angliyadagi barcha sovrinlarni yani, PL, mamlakat kubogi va Liga Kubogini o'ziniki qilib oldi.
Bo'lajak superkubok bahsida ishtirok etishi xuquqiga esa APLda 2-o'rinni qo'lga kiritgan «Liverpul»ga nasib etdi. SHu tariqa, mersisaydliklar 2006-yildan beri ilk marta ushbu sovrin uchun kurash olib boradi. So'nggi bahsida esa ular «CHelsi» ustidan zafar (2:1) quchib, bosh sovrin egasiga aylanishgandi.
2019-yilgi Angliya superkubogining qachon va qayerda o'tkazilishi keyinroq malum bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar