So’nggi yangiliklar

18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  0 17:43Венгер: "Менимча, Клублар ўртасидаги ЖЧ зарур"  0 17:16"Реал" футболчисининг жароҳати қайталанди  0 16:49Бундеслиганинг ТВ бўйича 2025/26 йилги мавсум учун пул тақсимоти: ҳар бир клуб қанча олади?  0 16:22Аббос Файзуллаев Шомуродовнинг жамоадошига айланиши мумкин  16 15:55Ўзбекистонлик ҳакамлар Индонезияда Президент Кубоги финалида ишлайди  0 15:32Саратонни енгган "Атлетик" футболчиси допинг туфайли дисквалификация қилинди  0 15:05ЎзПФЛ делегацияси АҚШда MLS тажрибасини ўрганмоқда  7 14:48Алвес ЦСКА футболчисига айланди. Унга 7-рақам берилди  5 14:30"Реал" футболчисини Ла Лига клубига сотади  0 14:06"Марадона билан бир неча маротаба тўқнаш келганман. Даражаси сезилиб турарди". Сречко Катанец билан суҳбатнинг сўнгги ва энг қизиқарли қисми!  5 13:37Диёр Имомхўжаев: "Фақат хато қилган ҳакам эмас, клуб ҳам жазоланиши керак"  7 13:09"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди  1 12:46Италия, Германия, Россия ва Осиё қитъаси вакиллари "Динамо" футболчисига қизиқмоқда. Музокаралар давом этмоқда  15 12:25Диёр Имомхўжаев: "ПФЛдаги биринчи иш кунимданоқ "кичик уруш" бошланган"  6

"Arsenal" "Liverpul"ni mag'lub etdi va Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi Yangiliklar

"Arsenal" "Liverpul"ni mag'lub etdi va Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi

Angliya Superkubogi doirasida "Arsenal" hamda "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

O'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa "Arsenal" g'alaba qozonib, Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi. 


Angliya Superkubogi. "Uembli" stadioni.

"Arsenal" - "Liverpul" 1:1 (pen.seriya - 5:4)

Gollar: 1:0 – 12 Obameyang, 1:1 – 73 Minamino.

Arsenal – Martines, Belerin (Soaresh, 58), David Luiz, Tirni (Kolashinac, 83), Meytlend-Naylz, El-Nenni, Djaka, Saka (Uillok, 82), Xolding, Obameyang, Nketia (Nelson, 82).

Liverpul – Alisson, van Deyk, Gomes, Robertson, Uilyams (Minamino, 59), Milner (Keyta, 59), Veynaldum (Bryuster, 90), Fabino, Mane, Salax, Firmino (Djons, 83).

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4.

Ogohlantirish: Milner (57).




Ushbu sahifa orqali matnli translyaciyani kuzatib borish mumkin bo'ldi

MATNLI TRANSLYACIYA

"Arsenal" Angliya Superkubogi sohibi!

Obameyangggg!!!! Uning o'ng tomonga bergan zarbasi gol bilan yakunlandi - 5:4!

Jons hisobni tenglashtirdi 4:4!

David Luisning bergan zarbasi gol bilan yakunlandi - 4:3!

Minaminoning kuchli zarbasi gol bilan yakunlandi - 3:3!

Soaresh adashmadi - 3:2!

Bryusterning zarbasi darvoza to'siniga tegdi! Hisob o'zgarmay qoldi - 2:2!

Meytlend-Naylsdan gol - 2:2!

Fabino ham penaltida adashmadi - 1:2!

Nelsonning ham o'ng tomonga bergan zarbasi aniq - 1:1!

Salah dastlabki zarbani aniq amalga oshirdi - 0:1!

Boshlanmoqda!

Penaltilar seriyasi ko'ramiz!

90+3. Asosiy vaqt yakunlandi!

90+2. Veynaldum o'rniga Bryuster uchrashuvni davom ettiradi. 

90. Hakam ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi. 

86. Uilloookkkk... "To'pchilar" hujumchisining boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq.

82. "Liverpul" safida Firmino o'rniga Kertis Jons uchrashuvni davom ettiradi. 

82. "Arsenal"da uchta o'zgarish. Saka o'rniga Uillok, Nketiya o'rniga Nelsson, Tirni o'rniga Kolashinac maydonga tushdi. 

81. Maneee... Deyarli birga-bir vaziyatda gol kiritish imkoniyati bor edi. Ammo ushbu holatda "to'pchilar" posboni o'zini ko'rsatdi. Hisob o'zgarmay qoldi. 

76. "Liverpul" bosmoqda.

73. Ushbu gol VAR orqali ham tekshirildi. Hakam golni hisobga oldi. 

72. GOOL!! MINAMINO! Ushbu vaziyatda to'p "Arsenal" futbolchilari qo'liga tekkan edi. Ammo yaponiyalik futbolchi shunga qaramay hujumni davom ettirib, raqib darvozasini nishonga oldi - 1:1!

67. Zarbaaa! Minamino! Ammo samarasiz. 

60. "Liverpul"da ikkita o'zgarish. Neko Uilyams va Jeyms Milner o'rniga Nabi Keyta hamda Takumi Minamino uchrashuvni davom ettiradi.

59. Belerin o'rniga Soaresh uchrashuvni davom ettiradi. 

57. Milner baribir kartochka "ishlab oldi". Raqibga nisbatan qo'pol harakat uchun futbolchi ogohlantirildi.

50. Milner maydon markaziga yaqin joyda Elneniga qarshi o'yin qoidasini buzdi. 

47. Ikkinchi taymni "qizillar" faol boshlashdi. 

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 1 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

44. "Arsenal" futbolchisi chap qanotdan to'pni raqib darvozasi tomon etkazdi. Lekin ushbu vaziyatda to'pni raqib darvozasiga yo'llab qo'yadigan futbolchi topilmadi.

41. "Liverpul" ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirdi. Ammo bu o'z samarasini bergani yo'q. 

36. Jo Gomesning bergan zarbasi noaniq.  

32. Yo'q, VAR ushbu vaziyatda penalti yo'qligini ko'rsatdi. Davom etamiz!

31. Penalti? Manega nisbatan qo'pollik ishlatildi. 

29. Milner bir daqiqa ikki marotaba chap qanot orqali to'pni jarima maydonchasi ichiga etkazib berdi. Har ikki vaziyatda ham londonlik himoyachilar yaxshi harakat qilishdi. 

27. Sakaning o'ng oyoqda bergan zarbasi raqib darvozasi tepasidan o'tib ketdi. 

22. Endi "Liverpul" futbolchilari hujumga o'tishmoqda.

17. Zarbaaa! Nketiya jamoasining ikkinchi golini kiritishi mumkin edi. Lekin ushbu vaziyatda Alison mahorat ko'rsatdi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

16. "Arsenal" goldan so'ng yana oldinga bormoqda.

13. GOOOL! Obameyang uzoqdan bergan kuchli zarbasi bilan hisobni ochmoqda! Ajoyib gol - 1:0!

(Offsayd bo'lgan vaziyat)


7. GOOOL! Lekin ushbu vaziyatda "Liverpul" futbolchilari o'yindan tashqari holatda qolib ketishgan ekan. SHu sababli, van Deykning goli hisobga olinmadi. 

5. "Liverpul" futbolchisining chap qanotdan Salahga etkazib bergan to'pini himoyachining zarbasidan so'ng darvozabon Martines qo'liga borib tushdi. 

2. Dastlabki daqiqalarda to'p nazorati hozircha "Liverpul" futbolchilarida.

-O'YIN BOSHLANDI!

-Uchrashuv oldidan jamoa futbolchilari "Black Lives Matter" akciyasida ishtirok etishdi.

-Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Bugun Angliyada yangi mavsum boshlanmoqda. Ananaga ko'ra, yangi mavsum superkubok uchrashuvi bilan boshlanadi. "Uembli" stadioni mezbonlik qiladigan ushbu uchrashuvda Angliya chempioni "Liverpul" mamlakat kubogi sohibi "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi. 


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика