So’nggi yangiliklar

15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  1 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  4 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  14 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2

Angliya premer-ligasi. 3-turning eng muhim 10ta surati Yangiliklar

Angliya premer-ligasi. 3-turning eng muhim 10ta surati

Dam olish kunlari Angliya premer-ligasida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.


"Manchester Yunayted" - "Nyukasl" 0:0. Ueyn Runi va jamoadoshlari har qancha urinishmasin Tim Krul darvozasini ishg'ol qila olishmadi. Gollandiyalik posbon gollandiyalik murabbiy Lui Van Gal jamoasiga qarshi o'yinda gol o'tkazmadi.



"Sanderlend" - "Suonsi" 1:1. Hayron bo'lmang bu "Suonsi" hujumchisi Batefimbi Gomis, u gol ursa shunday nishonlaydi. Gomis bu mavsum ketma-ket uchinchi o'yinda shunday harakatni amalga oshirdi.



"Norvich" - "Stok Siti" 1:1. Bu esa Jerdan SHakiri. "Bavariya" asosiy tarkibiga kira olmay "Inter"ga o'tgan, u erda ham ishlari yurishmay Angliyaga keldi. U "Stok Siti"dagi debyut o'yinida Mame Biram Diufga golli pas oshirdi.



"Lester" - "Tottenxem" 1:1. Angliya premer ligasida hozircha 4ta gol urgan jazoirlik Riyad Mahrez to'purar bo'lib turibdi. U ham barcha o'yinlarda gol urmoqda, "Tottenxem"ga qarshi o'yin ham mustasno bo'lgani yo'q.



"Kristal Pelas" - "Aston Villa" 2:1. Tanishing, Bakari Sako "Kristal Pelas"ning malilik hujumchisi. O'tgan yil CHempionshipda "Vulverxempton"da o'ynagan Sako hayotida ilk bor APL doirasida maydonga tushib, gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uning 87-daqiqadagi goli "Pelas"ga 3 ochko keltirganini ham qo'shimcha qilamiz.



"Vest Xem" - "Bornmut" 3:4. APLning dastlabki ikki o'yinida umuman gol ura olmagan "Bornmut" uchinchi turda kimsan "Vest Xem"ga, safarda, 4ta gol urishga erishdi. APL debyutantlari safida 23 yoshli Kallum Uilson 3tagina to'p kiritdi va odatga ko'ra o'yinda foydalanilgan to'pni "uxlatdi".



"Vest Bromvich" - "CHelsi" 2:3. Avgust oyi boshida "Barselona"ga Evropa Superkubogini olib bergan Pedro kutilmaganda "CHelsi"ga ko'chib o'tdi. Uning APLdagi debyuti ham kutilmagan bo'ldi. "Vest Bromvich"ga qarshi o'yinda hisobni aynan Pedro ochdi, keyingi golga hammualliflik qildi, "CHelsi" aynan shu bahsda mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.



"Everton" - "Manchester Siti" 0:2. "SHaharliklar" mavsumni ajoyib tarzda boshlashdi: 3ta o'yin 3ta g'alaba. O'tgan turda "Siti" Kolarov va Nasrining gollari evaziga Liverpulda "Everton"ni taslim qildi.



"Uotford" - "Sautgempton" 0:0. Ispaniyalik Kike Sanches Flores boshqaruvidagi "Uotford" mavsumning dastlabki uch uchrashuvida umuman mag'lub bo'lmadi...g'olib ham bo'lgani yo'q. 3 o'yin, 3 durang. So'nggi turda jamoa "Sautgempton" bilan murosa ko'chasini tanladi. Keyingi turni "Uotford" safarda "Manchester Siti"ga qarshi o'tkazadi...



"Arsenal" - "Liverpul" 0:0. London shahrining bir klubidan ikkinchisiga ko'chib o'tgan tajribali Petr CHex dastlabki ikki o'yinda juda ko'p "qovun"lar tushurdi. 3-turga kelib chexiyalik posbon o'ziga kelib oldi. "Liverpul"ga qarshi bahsda Petr raqibning 8ta zarbasidan so'ng to'pni qaytardi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика