Angliya liga kubogi. "CHelsi" - "Manchester Siti". Final prevyusi
24 fev 2019 14:06
Yangiliklar
Angliya liga kubogi. "CHelsi" - "Manchester Siti". Final prevyusi
Bu o'yin www.championat.asia saytida MATNLI TRANSLYACIYA qilinadi.
"CHelsi" ayni paytda qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Mauricio Sarri jamoada hujumda juda ham sust o'ynamoqda, himoya esa mustahkam emas. Bugungi mag'lubiyat 60 yoshli murabbiyning istefoga chiqishiga olib kelishi mumkinligi aytilmoqda. Sarrining o'rniga mavsum oxirigacha Stiv Xolland kelishi mumkin.
APL 26-turidan o'rin olgan "Etixad" stadionidagi bahsni hech kim unutmagan bo'lsa kerak. O'sha o'yinda "Manchester Siti" "CHelsi" darvozasiga javobsiz 6ta gol urishga erishgandi.
"Manchester Siti"ning ishlari hozircha yaxshi. Pep Gvardiola shogirdlari APL musobaqa jadvalida birinchi o'rinda borishmoqda. (ikkinchi o'rindagi "Liverpul"ning ochkolari teng va bitta o'yin kam), shu haftada ECHL nimchorak finali doirasida safarda "SHalke" mag'lub etildi (3:2), Angliya kubogida esa qura "Man Siti"ga "Suonsi"ni taqdim etdi. Manchester klubi CHempionship vakilini mag'lub etishi va yarim finalga chiqishi shart.

"CHelsi" — "Manchester Siti"
24 fevral 2019. London. "Uembli" stadioni. 21:30 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam: Jonatan Moss
Taxminiy tarkiblar:
"CHelsi": Arrisabalaga – Aspilikueta, Ryudiger, David Luis, Emerson – Kante, Jorjino, Barkli – Pedro, Iguain, Azar
"Manchester Siti": Ederson – Uoker, Fernandino, Lyaport, Zinchenko – de Bryuyne, Gyundogan, Bernardu Silva – Sterling, Aguero, Sane
O'ynamaydi: yo'q — Bravo, Mangala, Mendi, Jezus
So'roq ostida: Arrisabalaga, Pedro, Dzappakosta – Stounz, Delf.

Qiziqarli faktlar:
"Manchester Siti"ning Angliya liga kubogidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 11ta o'yinga etdi.
"SHaharliklar" oxirgi 14ta rasmiy o'yindan 13tasida g'olib bo'lishdi.
"Manchester Siti" "CHelsi" bilan o'zaro o'tgan oxirgi 5ta o'yindan 4tasida g'olib bo'lgan.
"CHelsi" so'nggi 6ta rasmiy o'yinning 3tasida mag'lub bo'ldi.
Bu mavsum Liga kubogida "Siti" barcha o'yinlarda raqiblardan bitta to'p farqi bilan ustun kelishdi.

|
Chelsea Cesar Azpilicueta - 121', Emerson - 121', Eden Hazard - 121' |
EFL Cup . final-tur 24/02/2019, 21:30 4
:
3
Tugadi
|
Manchester City Ilkay Gundogan - 121', Sergio Aguero - 121', Bernardo Silva - 121', Raheem Sterling - 121' |
Stadion: Wembley, 81775 tomoshabin
Bosh hakam: Jonathan Moss
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar