So’nggi yangiliklar

16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  55 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  9 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  12 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  1 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  51 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1

Angliya Liga Kubogi. "Arsenal"ni yirik hisobda mag'lub etgan "Manchester Siti" yarim finalga chiqdi Yangiliklar

Angliya Liga Kubogi. "Arsenal"ni yirik hisobda mag'lub etgan "Manchester Siti" yarim finalga chiqdi

Angliya Liga Kubogining 1/4 finalidan o'rin olgan "Arsenal" - "Manchester Siti" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Arsenal – Manchester Siti 1:4

Gol: Jezus (3, 0:1), Lyakazett (31, 1:1), Maxrez (55, 1:2), Foden (59, 1:3), Lyaport (74, 1:4).

Arsenal – Runarsson, Kolashinac, Gabriel, Soaresh, Meytlend-Naylz, Sebalos, Martinelli (Pepe, 49), Uillok, El-Nenni (Smit-Rou, 66), Mustafi, Lyakazett (Balogun, 77).

Manchester Siti – Steffen, Laport, Joau Kanselu, Ruben Diash, Zinchenko, Foden, Fernandino, Bernardu Silva (Ferran Torres, 70), Rodri (Uoker, 77), Marez, Gabriel Jezus (Aguero, 74).

Ogohlantirish: El-Nenni (23), Mustafi (25), Bernardu Silva (65).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!! "Manchester Siti" "Arsenal"ni yirik hisobda mag'lub etib, yarim finalga yo'llanma oldi.

90+1. UXXXX!! Maxrez raqib darvozasi yaqin burchagini nishonga oldi. Posbondan seyv.

89. Foden tezkor qarshi hujumni yo'qqa chiqardi. Oddiy joyda noaniq pas berdi.

87. IE!! Zinchenko juda qulay nuqtadan stadion tepasidagi qushni nishonga oldi.

85. ZARBAAAAAA!!! Pepening zarbasiga aniqlik etishmadi.

80. UXXXXXX!! "Arsenal"ning hujumi xavfli ko'rinish olayotgandi. Smit-Rouning markaz tomon oshirgan to'pini Diash qaytarib yubordi.

74. GOOOOOOLLLL!!! Fodenning havodan uzatgan pasidan keyin Lyaport boshi bilan bergan zarbasi orqali hisobni yirik holatga keltirib qo'ydi.

71. "Arsenal" hujumga o'tdi. Lekin Kolashinac offsaydda qolib ketgan ekan.

69. ZARBAAAAA!! Lyakazettning zarbasiga aniqlik etishmadi.

67. "Arsenal" harakat qilmoqda. Vaziyatlar yaratishga intilmoqda.

60. Yo'q, gol inobatga olindi.

59. GOOOOOOOOOOLLLL!!!! Foden birga bir vaziyatdan unumli foydalanmoqda!!! Biroq bu vaziyatda offsayd bo'lishi mumkin. VARni kutamiz.

55. GOOOLLLLLLL!!! MAXREZZZZZZ!!! Zarbani ushlab olish chog'ida Runarsson xatolikka yo'l qo'ydi, natijada gol!

53. UXXXX!!! Maxrez "Arsenal" jarima maydonchasi yonida yiqitildi. Jarima zarbasi.

52. "Man Siti" yana kichik paslar orqali hujum uyushtirishga harakat qilmoqda.

48. Martinelli hali ham almashtirilmagan ekan. Uning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi va o'rniga Pepe maydonga tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga qaytib chiqishmoqda.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

Taymga 3 daqiqa qo'shib berildi. Martinelli esa qaytdi.

44. Martinelli maydonda yig'lab yotibdi. U katta ehtimol bilan o'yinni davom ettira olmadi. U raqib posbonidan zarba qabul qilib oldi. 

41. RUNARSSSONNNNNNNN!!!!! "Arsenal"ning himoyasidagi bo'shliqdan keyin Jezus "Arsenal" kiperi bilan birga bir holatga chiqib ketdi va kuchli zarba berdi. Runar kuchli reakciya namoyish qildi va zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi!

40. Markazda Sebalos to'pni raqibidan olib qo'ydi va Meytlend-Naylzga oshirdi. U Zinchenkoni aldab o'ta olmadi. Etmaganiga to'p unga tegib, maydonni tark etdi.

35. XAVFLI VAZIYAT!!!! Lyakazett bir pasi orqali Sebalosni raqib posboni bilan birga bir holatga chiqarib yuborishi mumkin edi. Himoyachilar xavfni bartaraf etdi.

34. Endi "Arsenal" tashabbusni qo'liga olishga intilmoqda. 

31. GOOOOOOOOLLLL!!!! Qanotdan uzatilgan to'pni Lyakazett boshi bilan darvozaga kiritdi!!!

30. O'yinni "shaharliklar" to'liqligicha nazorat qilmoqda. Biroq vaziyatlar kamayib ketgan.

27. UXXXXX!! Jarimadan uzatilgan to'pni Rodri darvozaga kiritishga yaqin edi. Lekin himoyachi to'pni burchakka chiqarib yubordi.

24. "Siti" xavfli nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'ldi. Biroq Maxrez jonli devorni nishonga oldi. 

22. ZARBAAAA!! Maxrezning burchakdan uzatgan to'piga Lyaport boshi bilan zarba yo'lladi. Birooozz noaniq.

21. "Siti" o'z uslubida hujum uyushtirdi. Rodrining pasidan keyin Maxrez raqib postini nishonga olgandi. Biroq to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

20. Martinelli "Siti" darvozasi tomon to'pni uzatdi. Steffen to'pga peshvoz chiqdi.

17. "Siti"dan navbatdagi hujum. Foden darvozaga teskari holatda zarba berdi. Posbon to'pni ushlab oldi.

14. Londonliklar burchak zarbasiga ega bo'lgandi. Lekin Lyakazett boshi bilan noaniq zarba yo'lladi va to'p "shaharliklar"ga olib berildi.

12. "Arsenal" hujumga o'tmoqchi edi. Kolashinac noaniq pas berdi va to'p autga chiqib ketdi.

9. "Siti" shunaqangi ko'p pas o'ynayapdiki, jonga ham tegib ketdi) "Arsenal" esa to'pni ololmayapti.

6. ZARBAAAA!!! Fernandinoning zarbasi raqibiga tegib, maydonni tark etdi. "SHaharliklar" burchak to'pidan samara chiqara olmadi.

5. "Siti" yana bir bor xavfli hujum uyushtirdi. Rodri to'pni yo'qotdi.

3. GOOOOOOOLLLL!!!! Zinchenkoning qanotdan uzatgan to'pini Jezus boshi bilan darvozaga kiritdi!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishgan va o'yinni boshlash uchun shay holatda.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! "Arsenal" va "Manchester Siti" o'rtasidagi uchrashuvni birgalikda kuzatib boramiz. Bahsni sizlar bilan birga Mirjalol Normatov tomosha qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика