So’nggi yangiliklar

02:55ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ғалаба қозонди, "Милан" эса мағлуб бўлди  17 02:45АПЛ. "Ливерпуль" сўнгги дақиқаларда ғалабани бой берди  11 01:06"Арсенал" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:39ЕЧЛ. "Брюгге" 90+4 дақиқада урилган гол эвазига дастлабки ўйинда "Аталанта"дан устун келди  9 00:07"Реал" ва "Манчестер Юнайтед" Лукеба учун курашади  1 23:08Кунденинг 2022 йилги трансфери сабаб "Барса"ни судга беришди. Агент унга 3 млн евро тўламаганликларини таъкидламоқда  3 22:36"Челси" "Атлетико" футболчиси учун 70 млн евро таклиф қилишга тайёр  0 22:06Кай Хаверц мавсум сўнггига қадар сафдан чиқди  2 21:24Назорат ўйини. "Бухоро" Туркияда Қозоғистон жамоаси билан жанговар дуранг ўйнади  3 20:57Назорат ўйин. ОКМК Туркияда Грузия жамоаси билан жанговар дуранг ўйнади  1 20:20Деку: "Манчестер Сити" 200 млн евро сарфлади, аммо "Барселона" бунга қодир эмас"  29 19:47ЎФА навбатдан ташқари сайлов Конгресси 22 февраль куни бўлиб ўтади  8 19:28U-17 Antalya Youth Cup. Ўзбекистон U-17 марокашлик тенгқурларига мағлуб бўлди  18 19:17"Манчестер Юнайтед" "Манчестер Сити" собиқ футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 18:50"Манчестер Юнайтед" Куньяни нишонга олди  1

Angliya Kubogi. O'z maydonida "Manchester Yunayted"ni mag'lub etgan "Lester" yarim finalda! Yangiliklar

Angliya Kubogi. O'z maydonida "Manchester Yunayted"ni mag'lub etgan "Lester" yarim finalda!

Musobaqa 1/4 finalidan o'rin olgan so'nggi bahsning matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Lester" – "Manchester Yunayted" 3:1

Gol: Ixeanacho (24, 1:0), Grinvud (38, 1:1), Tilemans (52, 2:1), Ixeanacho (78, 3:1).

Lester – SHmeyxel, Evans, Fofana, Seyunjyu, Kastan, Ndidi, Tilemans, Olbrayton, Peres (Prat, 73), Ixeanacho, Vardi (CHuduri, 83).

Manchester Yunayted – Xenderson, Maguayr, Uan-Bissaka, Lindelef, Telles (SHou, 64), Pogba (Maktomini, 64), Fred (Diallo, 84), Matich (Brunu Fernandesh, 64), van de Bek (Kavani, 64), Marsyal, Grinvud.

Ogohlantirish: Maguayr (30), Olbrayton (69), Maktomini (72).

Leicester City

Kelechi Iheanacho - 24', Youri Tielemans - 52', Kelechi Iheanacho - 78'

FA Cup . Quarter Finals-tur

21/03/2021, 22:00

1
:
3
Tugadi

Manchester United

Mason Greenwood - 38'

Stadion: King Power Stadium, 0 tomoshabin

45'
90'
24'  Kelechi Iheanacho
52'  Youri Tielemans
52'  Kelechi Iheanacho
69'  Marc Albrighton
73'  Ayoze Perez (Dennis Praet)
76'  Jonny Evans
78'  Kelechi Iheanacho
78'  Marc Albrighton
83'  Jamie Vardy (Hamza Choudhury)
30'  Harry Maguire
38'  Mason Greenwood
64'  Nemanja Matic (Bruno Fernandes)
64'  Paul Pogba (Scott McTominay)
64'  Alex Telles (Luke Shaw)
64'  Donny van de Beek (Edinson Cavani)
72'  Scott McTominay
84'  Fred (Amad Diallo)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" Angliya Kubogini chorak finalda yakunladi. "Lester" deyarli finalda. "Tulkilar"ga yarim finalda "Sautgempton" raqiblik qiladi.

90+2. Marsyalning boshi bilan yo'llagan zarbasini SHmeyxel ushlab oldi.

MYUning turnirdan chiqib ketishiga 4 daqiqa qoldi.

87. ZARBAAAAA!!! Fernandeshning jarimadan tepgan to'pini SHmeyxel qiyinchilik bilan qaytardi!

83. Bugun gol ura olmagan Vardi almashtirildi. O'rniga CHuduri maydonga tushdi

78. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!! IXEANACHO!! Jarimadan oshirilgan to'pni Kelechi darvozaga kiritdi!!! Masala hal menimcha.

75. Maguayr uzoq masofadan noaniq zarba yo'lladi.

71. Ustunlik to'liqligicha mankunianliklar tomonida.

68. Hozir maydonga tushganlar o'zini ko'rsatishni boshlashdi. SHouning qanotdan oshirgan to'piga Maktomini boshi bilan zarba yo'lladi. SHmeyxel to'pni ushlab oldi.

64. MYU tarkibida 4 o'zgarish. Pogba, Matich, van de Bek va Telles maydonni tark etdi. Brunu, Kavani, Maktomini va SHou maydonga tushdi.

62. Evans hujumga o'tib ketayotgan Marsyalni yiqitdi. Bugun van de Bek yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. 

58. VARDIIIIIII!! MAGUAYYRRRRR????!!! Vardi Maguayrni osonlik bilan aldab o'tib, birga bir vaziyatdan gol ura olmadi.

57. MYUdan xavfli hujum. Ikkinchi tempda davom etgan hujumni Telles noaniq zarba bilan yakunladi.

54. Fred bugun faoliyatidagi eng yomon o'yinlaridan birini o'tkazmoqda.

52. GOOOOOOOLLLL!! Tilemans ikki raqibini aldab o'tib, Xenderson qo'riqlayotgan darvozaning uzoq pastki burchagini nishonga oldi.

48. "Lester" taymni hujum bilan boshladi. Ndidining zarbasini Xenderson ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Angliya Kubogi yarim finaliga qura tashlandi. Unga ko'ra, "CHelsi" va "Manchester Siti" final uchun bahs olib borsa, ushbu juftlik g'olibi o'z maydonida "Sautgempton"ni qabul qiladi.

Tanaffus!

44. ZARBAAAA!! Peresning zarbasi biroz noaniq ketdi.

43. Fred birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdi. Ikkinchi bo'lim startida uni maydonda ko'rmasak kerak.

41. Pogbaning zarbasini SHmeyxel ushlab oldi.

38. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Pogbaning ajoyib pasini van de Bek o'tkazib yubordi va Grinvud osonlik bilan hisobni tenglashtirdi!

34. XAVFLI VAZIYATTT!! MYUni ikkinchi goldan van-Bissakaning "podkati" qutqarib qoldi. Aks holda birga-bir vaziyatdan Vardi foydalanishi hech gap emasdi.

30. Maguayr o'z jarima maydonchasi yonida Ndidini yiqitdi va sariq kartochka ishlab oldi.

28. UXXXXXX!! Grinvudning qanotdan uzatgan to'pini SHmeyxel burchakka chiqarib yubordi.

24. GOOOOOOLLLLL!!!! XATOOOOO!! Freddan yana bir xato!! Daxshatli xatoo!!! Ixeanacho gol urdi!!

19. ZARBAAAAAAA!! Fredning xatosidan keyin Vardi to'pni egallab olib, MYU jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va zarba berdi. Maguayr to'pga oyog'ini qo'yishga ulgurdi.

17. ZARBAAAAAAAA!! Vardining aniq zarbasini Xenderson qaytardi. Maguayr to'pni autga chiqarib yubordi.

13. Tellesning burchakdan uzatgan to'piga Maguayr boshi bilan zarba yo'lladi. To'p SHmeyxelning qo'llariga borib tushdi.

12. Marsyal hujumga o'tib, burchak zarbasi ishlab oldi.

8. MYU to'pni o'zida ushlab turib, vaziyat yaratishga harakat qilmoqda. Ammo hozircha buning iloji bo'lmayapti.

4. XAVFLI VAZIYAT! Qanotdan oshirilgan to'pni Ixeanacho darvozaga kiritishi mumkin edi. Ammo Telles "podkat" bilan xavfni bartaraf etdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "King Pauer" stadioniga qaratamiz. Ushbu stadionda bugun "Lester" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari Angliya Kubogining yarim finaliga chiqish uchun bahs olib borishadi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика