So’nggi yangiliklar

06:50Миллатлар лигаси. Франция - Италия, Барколя Франция терма жамоасидаги дебют голини 14-сонияда урди аммо якунда жамоаси мағлуб бўлди  0 01:44Миллатлар лигаси. 13-сонияда гол урган Франция мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  6 01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  2 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  1 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  8 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  4 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   32 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0

"Lester" - Angliya Kubogi sohibi! Yangiliklar

"Lester" - Angliya Kubogi sohibi!

Angliya Kubogining finali matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"CHelsi" – "Lester" 0:1

Gol: Tilemans (63).

CHelsi – Arrisabalaga, Jeyms, Tiago Silva, Aspilikueta (Xadson-Odoi, 76), Alonso (CHiluell, 68), Ziesh (Pulishich, 68), Jorjino (Xavertc, 75), Maunt, Kante, Ryudiger, Verner (Jiru, 82).

Lester – SHmeyxel, Kastan, Fofana, Evans (Olbrayton, 34), Tomas, Ndidi, Tilemans, Peres, Seyundjyu, Ixeanacho (Meddison, 67), Vardi.

Ogohlantirish: Fofana (36), Verner (40).

Chelsea

FA Cup . final-tur

15/05/2021, 21:15

1
:
0
Tugadi

Leicester City

Youri Tielemans - 63'

Stadion: Wembley, 21000 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
40'  Timo Werner
68'  Hakim Ziyech (Christian Pulisic)
68'  Marcos Alonso (Ben Chilwell)
75'  Jorginho (Kai Havertz)
76'  Cesar Azpilicueta (Callum Hudson-Odoi)
82'  Timo Werner (Olivier Giroud)
89'  Wes Morgan
34'  Jonny Evans (Marc Albrighton)
36'  Wesley Fofana
63'  Youri Tielemans
63'  Luke Thomas
67'  Kelechi Iheanacho (James Maddison)
82'  Luke Thomas (Wes Morgan)
82'  Ayoze Perez (Hamza Choudhury)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Lester" ilk marta Angliya Kubogini qo'lga kiritdi! Daxshatli final ko'rdik. 

"Lester" bugun ajoyib o'yin ko'rsatmoqda!

"Lester" prezidenti o'yinni shunaqangi xotirjamlik bilan ko'ryaptiki, uni betaraf muxlis deb o'ylaysiz.

5 daqiqa qo'shib berildi.

YO'O'QQQ!! VAR golni hisoblamadi!!! Ofsayd!

VAR ishga tushdi. Offsayd bo'lishi mumkin.

89. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Nihoyat, "CHelsi" maqsadiga etmoqda!!! Morgan o'z darvozasiga to'pni kiritib yubordi!

87. KASPEEEEERRRRRRRRRR!!! Bilasizmi, SHmeyxel shunday seyv qildiki, qayta va qayta ko'rish kerak. Mauntning zarbasi juda kuchli edi. SHunchaki qahramon!

82. Tuxel maydonga Jiruni tashladi! Oz vaqt qolmoqda!

78. ZARBAAAAAAA!!! CHiluellning boshi bilan yo'llagan zarbasini avvaliga SHmeyxelning qo'li, keyinchalik "Uembli" maydoniga o'rnatilgan darvozaning to'sini qaytardi!

76. "CHelsi" oldinga tashlanmoqda. "Lester" esa butun jamoa bo'lib himoyalanmoqda.

73. "CHelsi" uzoq vaqt davomida hujum uyushtirishga harakat qildi. Meddisonga qarshi fol ishlatilgandan keyin to'p "tulkilar"ga olib berildi.

68. Meddison maydonga tushdi. "CHelsi"da ham o'zgarishlar bor.

63. GOOOOOOOOOOLLLL!! Tilemansdan super gol!

62. Kantening pasidan keyin Aspilikueta darvoza yoniga to'pni tepdi. Bu zarbamidi yoki uzatmaligini Sesarning o'zi ham bilmasa kerak.

59. Ana endi "Lester"ning bosimi sezilmoqda. O'yin "CHelsi" yarim maydoniga ko'chgan.

56. "Lester" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Alonso xavfni bartaraf qildi.

53. Aspilikuetaning qanotlan oshirgan to'pini Alonso boshi bilan darvozaga yo'lladi. SHmeyxel o'z o'rnida. 

50. UXXXX!! Ikkinchi bo'lim yuqori temp bilan boshlandi. Uzun uzatma Vardiga mo'ljallangandi. Kepa jarima maydonchasini tark etib, to'pni tepib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

"CHelsi"ning bosimi ostida taym ham yakunlandi.

Bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. VARDIIIIII!! Ajoyib vaziyat edi! Tilemansning ajoyib uzatmasidan keyin Jeymi boshi bilan juda noaniq zarba yo'lladi.

44. ZARBAAAAA!! Vernerning zarbasi darvozaning yonginasidan o'tib ketdi.

42. "Lester" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan oshirilgan to'pga Seyunjyu boshi bilan zarba berdi. Noaniq.

39. UXXXXXXX!! Verner ikki marta raqib darvozasi tomon zarba berdi. Ndidi ikkisida ham o'zini qalqon qildi.

36. "CHelsi" futbolchisiga qarshi juda qo'pol o'ynagani uchun Fofana ogohlantirildi. "CHelsi" "Lester"ni "siqib suvini ichmoqda". Biroq ish zarbagacha etib bormayapti.

Majburiy o'zgarish. Evans o'rnini Olbrayton egallamoqda.

32. Jonni Evans o'yinni davom ettira olmaydi. U eski jarohatini qaytarib oldi shekilli. 

29. UXXXXXX!! Hisob ochilishi hech gap emasdi. Aspilikueta bo'sh qolgan darvozaga to'pni kirita olmadi. Umuman olganda to'p unga o'tib ketishini kutmay qoldi.

28. VERNEEEERRR!! Zarba bermasdan to'pni sherigiga oshirganida gol bo'lishi mumkin edi. Uning zarbasi noaniq ketdi.

26. Endi "Lester" hujumga o'tdi. Tilemansning zarbasi Silvadan o'tmadi.

23. "CHelsi"da xavfli vaziyat yuzaga keldi. Alonso darvoza yonida to'p bilan paydo bo'ldi va zarba berishga ulgurmadi. Ikkinchi tempda Maunt zarba berdi. To'p raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

20. Yuri Tilemansning jarimadan uzatgan to'pini Seyunjyu boshi bilan darvoza tomon to'g'irladi. Noaniq.

19. Tiago Silva o'z jarima maydonchasi yaqinida to'pni qo'li bilan o'ynadi. "Lester"da standart vaziyat.

16. ZARBAAAAAA!! Kastanning qanotdan oshirgan to'pini Vardi darvoza tomon tepdi! Jeyms jamoasini goldan qutqarib qoldi. 

15. Ryudigerning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi na aniq na kuchli bo'ldi)

11. Negadir o'yin translyaciyasi unchalik yoqmayapti. Tasvirchilar juda kechikishmoqda.

8. "CHelsi" futbolchilari raqib posti yonida juda qattiq bosim uyushtirmoqda. Ammo bu zarbagacha etib bormayapti.

6. "CHelsi" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Ris Jeymsning uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

3. Vardining chap qanotdan darvoza yoniga uzatgan to'pini Kepa ushlab oldi.

2 daqiqa ichida "CHelsi" ikki marta o'ng qanotdan hujum uyushtirdi. Vernerning uzatgan to'plaridan birinchisini SHmeyxel ushlab olgan bo'lsa, ikkinchisi Evansga nasib qildi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishgan. Aytgancha, bugun uchrashuv muxlislar bilan bo'ladi. Bu esa o'yinning yuqori kurashlar ostida o'tishini taminlasa ne ajab.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Uembli"ga qaratamiz. Ushbu stadionda Angliya Kubogining 2020/21 yilgi mavsumining sohibi aniqlanadi. Sovrin uchun "CHelsi" hamda "Lester" jamoalari kurash olib boradi.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика