Angliya klubida o'ynagan futbolchi "Surxon" yig'inida
08 fev 2023 12:30
Yangiliklar
Angliya klubida o'ynagan futbolchi "Surxon" yig'inida
O'tgan mavsum Angliyaning "Kingstonian" klubida harakat qilgan o'zbekistonlik futbolchi "Surxon" yig'iniga qo'shildi.
Bizga malum bo'lishicha, Angliya ettinchi darajali ligasi klubi azosi, 23 yoshli Nodirbek Bobomurodov Termizning "Surxon" klubi mashg'ulotlarida ishtirok etyapti.
Buxoro shahrida tug'ilib, 8 yoshida Buyuk Britaniyaga ko'chib ketgan Bobomurodov "Kristal Pelas" kolleji akademiyasida tahsil olgan. SHuningdek,"Korintian Kejual", "CHeshant", "Xangerford Tavn" va "Uorsing" klublarida faoliyat olib borgan.
Eslatib o'tamiz, APL yoki CHempionship darajasiga etishga uringan o'ng qanot vingeri o'tgan yilning avgust oyida saytimizga intervyu bergan edi.
"Surxon" gruzin klubini yirik hisobda engdi, ko'rikdagi o'yinchi gol urdi
Fikrlar