So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  0 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  8 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  2 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  4 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  3 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  6 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Angliya Evro yarim finaliga birorta gol o'tkazmay etib kelgan birinchi jamoa. Barcha o'yinlarda darvozada Pikford edi Yangiliklar

Angliya Evro yarim finaliga birorta gol o'tkazmay etib kelgan birinchi jamoa. Barcha o'yinlarda darvozada Pikford edi

Hozir - inglizlarning asosiy posboni haqida qisqa voqealar.

"Sanderlend"dagi motivacion so'zlar

Pikfordning qadrdon klubi – "Sanderlend". Biroq debyut va chinakamiga ushbu jamoa safida o'yin o'tkazish 2015/16 yilgi mavsumga kelibgina amalga oshdi. Bungacha ko'plab ijaralar bo'lgan, uchinchisidan keyin Jordanning jahli chiqib ham ketgan: "Sanderlend" murabbiylaridan biri: "Meni eshit, sen yaxshi kipersan, ammo bu erda APL darajasigacha etib borolmaysan". O'shanda bu gaplar menga og'ir botgan va nima qilib bo'lsa-da, niyatimga etishni maqsad qilganman".

Pikford ko'plab ijaralardan uyalmasdi. Ularning biri hattoki Jordanni professional sportdan ham tashqariga chiqarib yuborgan: "Ha, bu nochorroq axvoldagi klub edi — ammo uning muxlislari u qadar kam emasdi. Ular tanqid qilishdan ham tortinmasdi. Bir amaki o'tkazib yuborgan golimdan keyin butun stadionga: "Pikford, shunaqa ham yomon o'ynaysanmi!", — degandi.


Klubi uchun tatilini vaqtli yakunlagan

Pikford Angliyaning kattalar termasi safida 2015 yil debyut qiladi. U paytga kelib, qahramonimiz o'zining yangi uyini qurish uchun er sotib olib bo'lgandi. Malum vaqt davomida u ijaraga uy olardi, lekin onasining qistovi sabab, pul to'plash uchun ota-onasining uyiga qaytadi.

Ko'chish kuni va termadan chaqiruv bir kunga to'g'ri keldi — uni Tom Xiton jarohatidan keyin milliy termaga taklif qilishdi. "Men mashinadagi narsalarimni deyarli tushirib bo'lgandim, shu payt qo'ng'iroq bo'ldi va meni termaga chaqirishdi. Hammasini tashlab, ryukzakka eng kerakli narsalarni joylashtirdim. Onam qaerga shoshayotganimni so'radilar. Javoban: "Xayr, men termamizga kerakman". Londongacha oddiy poezdda etib oldim va yo'l-yo'lakay muxlislar bilan yuzlab rasmga tushdim".

2017 yil Pikford "Everton" safiga ko'chib o'tadi. Yangi jamoasiga ertaroq qo'shilish uchun futbolchi qiz o'rtog'i bilan tatilini bir yarim hafta vaqtliroq tugatadi.


Muxlislar g'azabiga sababchi bo'ladi va unga tahdid o'rnida uyining suratini jo'natishadi

2015 yil Pikford "Preston"ga yo'l oladi. Bu vaqt uning "Sanderlend"i jon saqlash uchun kurashardi va birinchi davrada o'sha mavsumdagi eng yorqin g'alabalaridan birini qo'lga kiritadi — "Nyukasl" bilan o'yinda 3:0. Pikford chidab turolmadi va Tvitterda post qoldiradi. U erda Pikford "Nyukasl"ni omadsizlar deb ataydi.

"Bir soat ichida men uni o'chirib yubordim, lekin kech bo'lib bo'lgandi. Meni topib, o'ldirishlari haqida yozishgandi. Ulardan biri hattoki, uyimning suratini jo'natib, shunday yozgandi: "SHu erda yasharmiding?" Men chindan qo'rqqandim, lekin barchasi ortda qoldi".


JCH yarim finalidan keyin uydagilar uchun "saray" qurishga yo'l olgan

2018 yilda inglizlar JCHda to'rtinchi o'rinni egallashdi va uyga qahramon sifatida qaytishdi. Terma jamoa azolari musobaqadan qaytgach nima qilishdi — dam olish uchun boshqa shaharlarga ketishdi. Pikford nima qildi — Sanderlendga qaytdi va ota-onasiga qurilishda yordam berdi. U hattoki, shaharga ham samolyotda emas, ijaraga olingan avtomobilda bordi va xitoy taomini o'zi bilan olib, uyga yo'l oldi.

"Everton" safida to'p tepgan Robin Olsen o'tgan mavsum shunday degandi: "Jordan — oddiy yigit. U Liverpulda, bazamizdan uncha uzoq bo'lmagan joydan uy sotib olgan va ko'pincha mashg'ulotlarga velosipedda keladi. Nega mashinada emas? U mashina haydashni uncha yoqtirmaydi. Ammo murabbiylar uni nazoratga olgan — bilishim bo'yicha, yaqinda chorrahalardan birida boshqa mashina uni urib yuborishiga oz qolgan ekan".


Klub qo'ng'irog'ini unutib qo'ygani sabab "MYU"ga ko'chib o'tmagan

O'z vaqtida Pikford "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tishiga sal qolgandi. Bu voqea uning "Sanderlend" asosiy jamoasidagi debyutigacha yuz bergan. Birinchi marta Pikfordning onasi telefon go'shagini ko'taradi va keyinroq qayta qo'ng'iroq qilishlarini so'raydi — Jordan maktabda edi o'sha payt. Jordanga bo'lgan gapni aytib, uyda kutishini tayinlaydi. Biroq bu Pikfordning yodidan ko'tariladi va do'stlari bilan aylanishga chiqib ketadi — "Manchester Yunayted" boshqa darvozabon bilan bog'lanishga urinmadi.

2016 yil Pikford 1 aprel hazili tufayli yig'lab yuboradi. O'shanda "Sanderlend" murabbiylar shtabi darvozabon ortiq klubga kerakmasligi va uni "Nyukasl"ga sotishayotganini aytishadi. Albatta, aslida bu shunchaki hazil edi.


Unga ham ruhshunos zarur. Zararli ovqatlarga muhabbat...

O'tgan mavsum Pikford uchun og'ir o'tdi — ko'plab tanqidlar va kuchli raqobat. Bu vaziyatda o'zini yo'qotib qo'ymaslik uchun futbolchi ruhshunos bilan bog'landi:

"Menga bu kerak. "Everton" futbolchilari men yaxshi holatdaligimni bilishlarini istayman. SHuning uchun, psixolog bilan suhbatlashib turaman: biz futbol va hayot haqida gaplashamiz. U bilan yo ko'rishib, yoki telefon orqali haftasiga ikki marta suhbatlashamiz. U doim aloqada".

Pikford fastfudni juda yoqtiradi — ayniqsa, Sanderlendda tayyorlashadigan sarimsoqli sous bilan picca va shaurmani. O'zi bu haqida shunday degan: "Onam mehmonga keladigan bo'lsalar, ulardan donar olib kelishlarini so'rayman. Ular undan juda ko'p olib keladilar. O'z navbatida men ham ulardan ko'p eyman, chegaradan o'tib ketganimni ham bilmay qolaman. Yaxshi hamki, "Everton"da bizni bo'sh qo'yishmaydi va men semirib ketishga ulgurmayman...".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика