So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Jahon chempionati-2022. Angliya Eronni tor-mor etdi Yangiliklar

Jahon chempionati-2022. Angliya Eronni tor-mor etdi

Jahon chempionatining 1-turidan o'rin olgan Angliya - Eron o'rtasidagi bahsning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.


Angliya - Eron 6:2
21 noyabr 2022 yil. "Xalifa Interneyshnl" stadioni. 18:00
Bosh hakam:
Rafael Klaus (Braziliya)
Qanot hakami 1: Rodrigo Figeyredo (Braziliya)
Qanot hakami 2: Danilo Simon (Braziliya)
Zaxira hakami: Kevin Ortega (Peru)

Gollar: Jud Bellingem 35, - 1:0 (Lyuk SHou). Bukayo Saka 43, - 2:0 (Xarri Maguayr). Rahim Sterling 45, - 3:0 (Xarri Keyn). Bukayo Saka 62, - 4:0 (Rahim Sterling). Mehdi Taremi 65, - 4:1 (Amir Golizoda). Markus Reshford 72, - 5:1 (Xarri Keyn). Jek Grilish 90, - 6:1 (Kallum Uilson). Mehdi Taremi 90+13 penalti, - 6:2.

Angliya: 1.Jordan Pikford, 3.Lyuk SHou, 4.Deklan Rays, 5.Jon Stouns, 6.Xarri Maguayr (15.Erik Dayer, 71), 9.Xarri Keyn (24.Kallum Uilson, 76), 10.Rahim Sterling (11.Markus Reshford, 71), 12.Kiran Tripper, 17.Bukayo Saka (7.Jek Grilish, 71), 19.Meyson Maunt (20.Fil Foden, 71), 22.Jud Bellingem.
Zaxira: 13.Nik Poup, 23.Aaron Ramsdeyl, 2.Kayl Uoker, 8.Jordan Xenderson, 14.Kalvin Fillips, 16.Konor Koadi, 18.Trent Aleksandr Arnold, 21.Ben Uayt, 25.Jeyms Meddison, 26.Konor Gallaxer.

Eron: 1.Alirizo Beyranvand (24.Hussayn Hussayni, 18), 2.Sodiq Moharrami, 3.Ehson Hojsafi, 5.Milad Muhammadi (16.Mahdi Torabi, 63), 7.Alirizo Jahonbaxsh (17.Ali Golizoda, 46), 8.Murtazo Puraliganji, 9.Mehdi Taremi, 15.Ruzbex CHeshmi (13.Muhammad Kanaani, 46), 18.Ali Karimi (6.Said Izzatullohi, 46), 19.Majid Hussayni, 21.Ahmad Nurullohi (20.Sardor Azmun, 78).
Zaxira: 12.Payam Niazmand, 22.Amir Abidzoda, 4.SHojai Halilzoda, 10.Karim Ansarifard, 11.Vohid Amiri, 14.Saman G'oddos, 23.Ramin Rizoian, 25.Abdulfazli Jaloli.

Ogohlantirishlar: Alirizo Jahonbaxsh 25, Murtazo Puraliganji 48.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+14. O'yin tugadi. Angliya - Eron 6:2

90+13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Mehdi Taremi penaltidan gol urdi 6:2

90+11. PENALTI! Bosh hakam VAR orqali Angliya darvozasi tomon penalti belgiladi.

90+9. ZARBAAAAAAAA! Sardor Azmun birga bir vaziyatdan zarba berdi, Pikford to'pni qaytardi, to'p to'singa tegib maydonni tark etdi

90+3. Birinchi taymga 14, ikkinchi taymga 10 daqiqa qo'shildi. Demak bugungi o'yin 114 daqiqa davom etdi

90. Uchrashuvga 10 daqiqa qo'shildi

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JEK GRILISH 6:1. Uilsondan to'p uzatish va Grilish bo'sh darvozani ishg'ol qildi!

78. O'zgarish. Eron. Nurullohi o'rniga Azmun tushdi. Bu ham tarixiy o'zgarish bo'ldi. Eron oltita o'zgarish qildi. Sababi darvozabon jarohat olib maydonni tark etganida yana bitta qo'shimcha o'zgarish mumkin.

76. O'zgarish. Angliya. Keyn o'rniga Uilson tushdi. Ushbu o'zgarish tarixiy bo'ldi. Sababi Jahon chempionatlari tarixida ilk bor bitta jamoa bitta o'yinda 5ta o'zgarishni amalga oshirdi.

72. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MARKUUUS RESHFOOORD! 5:1. Keyndan to'p uzatish va Reshford to'pga birinchi tegishi bilan gol urdi! VIDEONI KO'RISH



71. O'zgarish. Angliya. Maguayr, Saka, Sterling va Maunt o'rniga Dayer, Reshford, Grilish va Foden tushdi

65. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MEHDIII TAREMIII! 4:1. Jarima maydoniga kirib borib kuchli zarba bergan Taremi ajoyib gol urdi! VIDEONI KO'RISH

63. O'zgarish. Eron. Milad Muhammadi o'rniga Mehdi Torabi tushdi

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BUKAYOOOO SAKAAAAA 4:0.  Sterlingdan to'pni qabul qilib olgan Saka raqib jarima maydoni ichida xohlaganini qildi va gol urdi!  VIDEONI KO'RISH

61. ZARBA! Said Izzatullohining uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

51. ZARBA! Kiran Tripper jarima to'pini amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi!

48. Ogohlantirish. Eron. Murtazo Puraliganji

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. O'zgarishlar. Eron. Jahonbaxsh, Karimi va CHeshmi o'rniga Golizoda, Izzatullohi va Kanaani tushdi


45+14. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 3:0

45+11. ZARBAAAAAAA! Eronnng tezkor qarshi hujumi, Jahonbaxshning to'xtatmay bergan zarbasi noaniq ketdi! 

45. Birinchi taymga 14 daqiqa qo'shildi, Beyranvandga ko'rsatilgan yordam ancha davom etdi

45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RAHIIIIM STERLING 3:0! Keynning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Sterling darvozaga to'g'rilab qo'ydi!  VIDEONI KO'RISH



43. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BUKAYOOOO SAKA! 2:0. Burchak to'pi uzatilganidan keyin Maguayr boshi bilan sherigiga uzatdi, Saka ajoyib gol urdi! VIDEONI KO'RISH

40. Uchrashuvni stadiondan Devid Bekxem ham kuzatib bormoqda



35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JUUUUD BELLINGEEEEM! 1:0. CHap qanotdan Lyuk SHou uzatgan to'pni Bellingem boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi! VIDEONI KO'RISH



32. ZARBAAAAAAA! UXXXX! Angliya burchak to'piga ega bo'ldi, Tripper uzatgan to'pni Maguayr boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p to'singa tegib qaytdi! 

30. ZARBAAAA! Angliyaning hujumlari keskinlashmoqda, o'ng qanotdan Saka uzatgan to'pni Maunt darvozaga yo'lladi, to'p to'rga tashqi tomondan tegdi! 

27. Zarba! Bukayo Sakaning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchsiz zarbasidan keyin Hussayni to'pni ushlab oldi

24. Alirizo Beyranvand va Majid Hussayni to'qnashib ketgan vaziyat VIDEOSINI ko'rish



18. O'zgarish. Eron. Beyranvand o'rniga Hussayn Hussayni tushdi

17. Yo'q, Alirizo o'zi almashtirishlarini so'radi. Baribir bo'lmadi

16. O'yin davom etadi, Alirizo maydonda qoldi

14. O'yin hamon to'xtab turibdi, Beyranvand maydonni tark etgisi kelmayapti. U qon tekkan formasini almashtirmoqda va maydonga qolmoqchi. Zaxira posboni esa mashg'ulotni boshlab yuborgandi. 



9. Ushbu vaziyatda Beyranvand va Hussayni boshi bilan to'qnashib ketishdi. Buning natijasida Eron posbonining burnidan sharros qon oqmoqda...

8. UXXXX! Xavfli vaziyat! Keyn o'ng qanotdan to'p uzatdi, Maguayr darvozaga aniq zarba bera olmadi!

4. O'yindan avval eronlik futbolchilarning hech biri mamlakat madhiyasini aytgani yo'q. Bu orqali futbolchilar mamlakatdagi ayollarga nisbatan qilinayotgan munosabatni qoralab chiqishdi.



Uchrashuvni telegramda onlayn tomosha qilish mumkin: O'YINNI KO'RISH

1. O'YIN BOSHLANDI!

Stadiondagi eronlik muxlislar tomonidan ko'tarilgan banner



- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика