Angliya chempionati o'yini ish tashlashlar tufayli qoldirildi
08 sen 2022 16:09
Yangiliklar


Angliya chempionati o'yini ish tashlashlar tufayli qoldirildi
APLning 8-turidan o'rin olgan "Brayton" – "Kristal Pelas" uchrashuvi boshqa kunga ko'chirildi.
O'yin 17 sentyabr kuni bo'lib o'tishi kerak edi, biroq temiryo'lchilarning rejalashtirilgan ish tashlashi tufayli u bekor qilindi.
O'yinning yangi sanasi hali elon qilinmagan.
"Biz har ikki jamoa muxlislaridan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz, lekin biz to'g'ri qaror qildik deb o'ylaymiz. SHuningdek, "Kristal Pelas", Premer-liga va rasmiylarga bu masalada ko'rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildiramiz", – dedi "chaykalar" bosh direktori Pol Barber.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar