Angliya. 27-tur. "Enfild"da gollar shousi
23 fev 2014 20:26
Yangiliklar


Angliya. 27-tur. "Enfild"da gollar shousi
APL 27-turida "Liverpul" o'z uyida "Suonsi"ni qabul qildi.
Liverpul – Suonsi 3:2
23 fevral, 18.30, Enfild
Gollar: 1:0 – 3 Starridj, 2:0 – 20 Xenderson, 2:1 – 23 SHelvi, 2:2 – 26 Boni, 3:2 – 36 Starridj, 3:3 – 47, penalti Boni, 4:3 – 74 Xenderson.
Liverpul – Minole, Djonson, SHkrtel, Agger (Ture, 63), Flanagan, Djerrard, Xenderson, Sterling (Allen, 58), Koutino, Starridj (Mozes, 79), Suares.
Suonsi – Vorm, Ranxel, CHiko, Uilyams, N. Teylor, Britton, de Guzman (P. Ernandes, 73), Dayer (Ngog, 78), SHelvi (Kanyas, 46), Rautledj, Boni.
Ogohlantirish: SHkrtel (26).
Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Biz bilan birga bahsni kuzatib borgan barchaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
90+3 daqiqa. Uchrashuv tugadi. "Liverpul" 4:3 hisobida g'alaba qozondi.
90 daqiqa. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi.
88 daqiqa. Jerrard! Sardorning dastlabki zarbasi yo'liga darvoza ustuni to'g'anoq bo'ldi, ikkinchi vaziyatda esa darvozabon o'zini ko'rsatdi.
87 daqiqa. Suaresning zarbasi kuchsiz chiqdi, Vorm to'pni egallab oldi.
85 daqiqa. O'yin shiddati aslo pasaymayapti. Ikkala jamoa tezkor harakat qilmoqda.
82 daqiqa. "Liverpul" himoyachilari asabiylashishmoqda, Kolo Ture to'pni uzoqlashtiraman deb SHkrtelni poyladi. Unga tekkan to'p darvozaga bordi, yaxshiki Minole o'z o'rnida edi.
81 daqiqa. "Suonsi" hisobni tenglashtirishga urinmoqda. Pablo Ernendesga darvozabon zarba berishga imkon qoldirmadi.
78 daqiqa. O'zgarish. "Liverpul". Starridj o'rniga Viktor Mozes maydonga tushdi
77 daqiqa. O'zgarish. "Suonsi". Dayer o'rniga Ngog maydonga tushmoqda.
73 daqiqa. Jerrardning pasidan so'ng Suares to'pni egallab olib jarima maydoni tashqarisidan darvozaga zarba yo'lladi. Himoyachiga tegib qaytgan to'pni Xenderson darvozaga yo'lladi. Dastlabki zarbadan so'ng to'pni qaytargan Vorm Xendersonning takroriy zarbasi oldida ojiz edi 4:3
73 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOL. Xenderson 4:3!!!
72 daqiqa. O'zgarish. "Suonsi". De Guzman o'rniga Pablo Ernandes maydonga tushdi.
69 daqiqa. Hisob 3:3 bo'lgan vaziyat
68 daqiqa. CHiko Starridjga to'pni egallab olish uchun imkon bermadi.
66 daqiqa. Suares jarima maydoni ichida yiqildi, muxlislar penalti talab qilishmoqda. Hakam esa jim...
65 daqiqa. Minole sal qolsa jamoasiga pand berishi mumkin edi. U to'pni egallab olgach jarima maydoni ichidan chiqib ketdi. Yaxshiki darvozabon o'zini qo'lga oldi va to'pni tepib yubordi.
63 daqiqa. O'zgarish. "Liverpul". Agger o'rniga Kolo Ture tushdi
62 daqiqa. "Liverpul" hujum qilishda davom etadi, Suaresning zarbasi xavfli chiqdi.
59 daqiqa. Starridjning chiroyli zarbasi darvozaning uzoq yuqori burchagiga aniq borgani yo'q.
58 daqiqa. Dayer-Boni-Dayer kombinaciyasidan so'ng Natan to'pni darvozaga yo'lladi, Minole o'z o'rnida
56 daqiqa. O'zgarish. "Liverpul". Sterling o'rniga Jo Allen maydonga tushdi.
53 daqiqa. Jonson Dayerga nisbatan qo'pol o'ynadi, De Guzmanning jarima to'pidan yo'llagan zarbasi darvozaning yonginasidan o'tib ketdi. Muxlislar bir qalqib tushishdi.
51 daqiqa. Suares gol urishni juda xohlamoqda, juda ham.
50 daqiqa. "Liverpul" jarima to'pini amalga oshiradi. Jerrardning yo'llagan zarbasidan so'ng himoyachilar to'pni qaytarishdi.
49 daqiqa. Suares birga bir vaziyatdan foydalana olmadi.
48 daqiqa. Boni 11 metrli jarima to'pidan unumli foydalana oldi 3:3.
47 daqiqa. PENALTI! SHkrtel o'z jarima maydoni ichida Bonini yiqitgani uchun
47 daqiqa. "Suonsi" tarkibida o'zgarish yuz berdi. SHelvining o'rniga Kanyas maydonga tushdi.
46 daqiqa. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI.
45+3 daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha atiga 5ta gol urildi. Ikkinchi bo'limni kutamiz. Tanaffus
45+1 daqiqa. "Suonsi" qarshi hujumga o'tdi, biroq Dayer to'p oshirishda xato qildi.
45 daqiqa. Bosh hakam birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi.
45 daqiqa. Dayerning kuchli zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
43 daqiqa. Burchak to'pidan so'ng Ranxel boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq.
42 daqiqa. Boni o'zini ko'rsatishda davom etmoqda. Uning jarima maydoni tashqarisidan erlatib yo'llagan zarbasi yo'liga Minole maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
41 daqiqa. Sterling chap qanotda to'pni egallab raqibni aldashga urindi. Biroq Ranxel yosh bola emasligini ko'rsatdi.
38 daqiqa. Rautledj chap qanotdan oldinga o'tdi, yo'lda himoyachini qoldirib ketdi. Biroq uning uzatgan to'pi hech kimga tegmay maydonni tark etdi.
37 daqiqa. Xenderson to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ymaganida yana bir xavfli vaziyat sodir bo'lardi.
35 daqiqa. Starridjdan "Suonsi" muxlislariga salom. Luis Suares jarima maydoni ichida sherigini ko'rib to'pni unga havolatib etkazib berdi. Daniel boshi bilan osongina to'pga darvozani ko'rsatib yubordi 3:2.
35 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOL 3:2. Yana Starridj!
33 daqiqa. Bonidan "Liverpul" muxlislariga salom
32 daqiqa. Mezbonlarning o'ng qanot himoyachisi Flanagan hujumda qoida buzdi.
30 daqiqa. Sterling chap qanotdan jarima maydoniga havolatib to'p uzatdi, Vorm astagina sakrab to'pni o'ziniki qildi.
28 daqiqa. Mezbonlar ketma-ket gollardan so'ng ancha engil o'ynamoqda. Burchak to'pidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.
26 daqiqa. SHkrtelning qo'polligi qimmatga tushdi. Jarima to'pidan so'ng Boni boshi bilan darvozaga zarba berdi, to'p yo'l yo'lakay aynan SHkrtelga tegdi va yo'nalishini o'zgartirdi. Minole bu vaziyatda ojiz edi - 2:2
26 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOL. 2:2 bu Angliya azizlar.
25 daqiqa. Martin SHkrtel SHelviga nisbatan xavfli o'ynagani uchun sariq kartochka oldi.
23 daqiqa. Suaresda qulay imkoniyat bo'lgandi. Biroq zarba o'xshamadi.
22 daqiqa. SHelvi baribir niyatiga etdi. Dayerning pasidan so'ng Jonjo 25 metrlardan juda kuchli va aniq zarba berdi. To'p darvozanig to'siniga tegib darvozadan o'rin oldi - 2:1.
22 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOL. SHelvi 2:1
20 daqiqa. O'ng qanotda paydo bo'lgan Starridj himoyachini aldab markazga qarab yurdi va to'pni Xendersonga uzatdi. Jordan to'pni to'xtatib oldi, qaerga zarba berishni ko'rib oldi so'ngra darvozaning to'qqizligini aniq nishonga oldi - 2:0.
20 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOL. Xenderson 2:0
19 daqiqa. SHelvi yana bir bor o'z omadini sinab ko'rdi. Uning burama zarbasi noaniq ketdi.
18 daqiqa. Sterling hujumda faol harakat qildi. Biroq Vorm to'pga birinchi bo'lib etib keldi.
17 daqiqa. Yana SHelvi diqqat markazimizda. Uning chamasi 24 metrlardan yo'llagan zarbasi SHkrtelga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pini himoyachilar bartaraf etishdi.
15 daqiqa. Xavyli vaziyat! Teylor chap qanotdan oldinga o'tdi va jarima maydoni ichida turgan Boniga pas berdi, biroq Minole va ikki himoyachi hujumchiga to'p etib borishining oldini olishdi.
14 daqiqa. Mehmonlar ham maydonda faqat yugurib yurishgani yo'q. "Liverpul"ga begona bo'lmagan SHelvi o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, faqat Boni sherigini tushunmadi
12 daqiqa. Golni tashkil qilganlar
10 daqiqa. Koutino hujumni boshladi, uning pasidan so'ng Xenderson to'pni to'xtata olmadi.
8 daqiqa. CHiko va Suares maydon markazida to'qnashib ketishdi. To'g'rirog'i CHiko uruguvaylik hujumchining oyog'ga zarba berdi.
7 daqiqa. "Suonsi" hujumchisi Boni faol o'ynamoqda. SHelvining pasidan so'ng gollandiyalik futbolchi darvozaga zarba berdi, to'p darvoza ustuni yuqorisidan o'tib ketdi.
6 daqiqa. Boni oldinga o'tdi, biroq uch nafar raqibdan o'tib keta olmadi. Qarshi hujumda Sterling chap qanotdan hujumga o'tdi. Uning jarima maydoniga oshirgan to'pi noaniq ketdi.
5 daqiqa. "Liverpul" burchak to'pini amalga oshirdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.
4 daqiqa. Ajoyib gol. To'g'rirog'i ajoyib pas. Sterling to'pni egallab olib bir harakat bilan Starridjni darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqardi. Daniel Vormni ortda qoldirib bo'sh darvozani ishg'ol qildi.
4 daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOL. Starridj 1:0
3 daqiqa. "Suonsi" himoyachilari to'pni o'zlarida saqlab turishdi.
1 daqiqa. Mezbonlar hujumga o'tishgdi. Biroq Koutino to'pga zarba bera olmadi.
1 daqiqa. O'YIN BOSHLANDI
18:28. "Liverpul" ayni paytda 53 ochko bilan musobaqaning 4-pog'onasida bormoqda. "Suonsi" esa 28 ochko jamg'arib 12-pog'onadan joy olgan.
18:27. Jamoalar maydonda. Stadion o'sha mashhur qo'shiqni kuylashmoqda.
17:40. Boshlang'ich tarkiblar malum bo'ldi.

Fikrlar