Ange Postekoglu: "Ularga "Tottenxem" emas, CHempionlar Ligasi ishtirokchisi kerak"
06 apr 2024 13:31
Yangiliklar
Ange Postekoglu: "Ularga "Tottenxem" emas, CHempionlar Ligasi ishtirokchisi kerak"
"Tottenxem" ustozi Ange Postekoglu hech qachon klubga faqatgina CHempionlar Ligasida o'ynash uchun o'tmoqchi bo'lganlarni olib kelmasligini malum qildi.
"Menga faqat CHLda o'ynagani uchun jamoaga keladigan futbolchilar kerak emas. Musobaqa tanlab jamoaga keladigan o'yinchilar klubga jonini bermaydi.
Men shu mavsum Mikki Van de Venni jamoaga olib keldim — unchalik yomon o'yinchi emas, to'g'rimi? Biroq u klub bilan shartnoma imzolayotganida biz ECHL ishtirokchisimidik? Yo'q!
Men uchun muzokaralarning eng qiziq nuqtasi ham shunda. Futbolchidan nima uchun "Tottenxem"ga o'tishni istashini so'rayman, agar u faqatgina ECHLda o'ynash uchun Londonga kelmoqchi bo'lsa, unga "Tottenxem" emas, CHempionlar Ligasi ishtirokchisi kerak" - dedi murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar