Anelli boshchiligida direktorlar kengashi “Yuventus”da istefoga chiqdi. Andrea 12 yildan beri klubni boshqarayotgandi
29 noy 2022 09:30
Yangiliklar
Anelli boshchiligida direktorlar kengashi “Yuventus”da istefoga chiqdi. Andrea 12 yildan beri klubni boshqarayotgandi
“Yuventus” rahbariyati to'liq tarkibda lavozimini tark etdi.
Direktorlar kengashining navbatdan tashqari yig'ilishida president Andrea Anelli, vice-prezident Pavel Nedved, bosh direktor Mauricio Arrivabene va boshqaruv kengashining yana 7 azosi istefoga chiqdi.
Bu prokuratura tomonidan o'tkazilgan tekshiruvda hisobotdagi malumotlarni buzish va byudjetni tasdiqlash bilan bog'liq muammolar tufayli bo'ldi.
Anelli 2010 yil may oyidan beri “Yuve”ni boshqarib kelayotgandi. Uning qo'l ostida klub qatorasiga 9 marta Italiya chempionligini qo'lga kiritdi, 2 marta CHempionlar Ligasi finaliga chiqdi, 5 martadan Italiya kubogi va Superkubogi sohibiga aylandi.
Fikrlar