So’nggi yangiliklar

08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  0 07:50Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Машъал"ни енгди, "Сўғдиёна" эса меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  0 07:41U-20 ЖЧ. Нимчорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  1 02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  6 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  6 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  6 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  14 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  175 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0

Andrey SHipilov: "SHogirdlarimga "Paxtakor" futbolchilarida ham ikkita qo'l va ikkita oyoq borligini aytdim" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "SHogirdlarimga "Paxtakor" futbolchilarida ham ikkita qo'l va ikkita oyoq borligini aytdim"

Superliganing 16-turidan o'rin olgan olgan "Metallurg" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirdi.

"Paxtakor" o'zi yaratgan vaziyatlardan unumli foydalana oldi. Biz esa vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Birinchi golda hech narsa bo'lgani yo'q, hammasi oddiy. Goldan keyin ham standart vaziyatlardan to'p kiritishimiz mumkin edi.

Navbatdagi uchrashuvga tayyorlanishimiz uchun bizda vaqt kam. Taqvim tig'iz. Ishlashda davom etamiz. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman va xalqaro maydonda omad tilab qolaman. Boshqa gap yo'q.

SHahboz Ubaydullaevni bugun maydonga tushirishni istamagandim. Terma jamoa ixtiyoridan kichik jarohat bilan etib kelgandi. "Paxtakor" bilan o'yinning darajasi boshqa edi, u bahsga kirishib keta olmadi. Balki, bu mening xatoimdir. Uni tushirishim kerak emasdi. Etibor bergan bo'lsangiz faqat ikkinchi bo'limda emas, birinchi bo'limda ham bizda standart vaziyatlardan gol urish uchun imkoniyat yuzaga keldi. Yuqorida ham aytdim, yana qaytarman raqib vaziyatlardan foydalandi biz esa yo'q. Bu nima bilan bog'liqligini bilmayman. Ruhiyat bilan bog'liqdir.

Futbolchilarga raqibda ham ikkita qo'l va ikkita oyoq borligini aytdim. Raqib o'z o'yinini namoyish etdi. Agarda zarbalarni biri golga aylantirganimizda boshqacha bo'lardi. Akbar Ismatullaev haqida uchta tur oldin matbuot anjumanida gapirgandim. Bu haqida yana bir bor takrorlashni istamayman",- deydi SHipilov.


Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика