So’nggi yangiliklar

13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  0 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  3 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  4 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  21 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  15 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  10

Andrey SHipilov: "SHahzod Ubaydullaev hali bor imkoniyatni namoyish etgani yo'q" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "SHahzod Ubaydullaev hali bor imkoniyatni namoyish etgani yo'q"

"Buxoro" - "Metallurg" (1:4) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Andrey SHipilov matbuot anjumanida qatnashdi.

Doim o'z jamoamdan va murabbiylar shtabidan har bir o'yinga, raqib musobaqa jadvalida qanday o'rindaligidan qatiy nazar maksimal tarzda ishlashni talab qilaman. Bugun butun shtab va jamoam ilk daqiqadan oxirigacha bor kuchi bilan o'ynadi. Uzoq yo'l bosib keldik, ob-havo ham issiq. Futbolchilardan maksimal yondoshuv so'rayapmiz. SHundagina natijaga erisha olamiz. Boshqa yo'l yo'q.

Bugun futbolchilar maydonga tushishdi va o'z ishini qildi, natijaga erishdik. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlash kerak, shunday tarzda butun mavsum davomida ishlash kerak. Mana shunda jamoa rivojlanadi", - deydi SHipilov. 

- SHahzod Ubaydullaev haqida qanday fikrdasiz?

- U bilan ko'p suhbatlashamiz. U asta-sekin jamoaga qo'shilib bormoqda. Ubaydullaev hali bor imkoniyatini namoyish etgani yo'q. U bilan individual tarzda ham ishlayapmiz, jamoaviy tarzda ham. SHahzod oldiga aniq maqsad qo'yilgan, unda stimul bor.

- Hakam bilan kichik tortishuv bo'ldi...

- Bo'sh tribunalar ostida bosh murabbiyning gaplari eshitilib turadi. SHu bois hakam menga murojaat qildi. Men doim jamoamni ruhlantirib boraman, bunga o'rganganman, hisob qanday bo'lishidan qatiy nazar.

- "Mashal" stadionidagi sharoitlar haqida fikringiz qanday?

- Qashqadaryodagi barcha klublar uyida mehmon bo'lsak doim barchasi ajoyib bo'ladi. Nuriddin Zayniev boshchiligida yaratilgan infrastruktura hamon ajoyib holatda. SHunday ibora bor: sahro o'rtasida atirgullar ochilmoqda. Barchasi ajoyib, baho 5+.

- O'tgan mavsumda "Metallurg" Qarshida "Nasaf"ni ranjitgan edi. Oldinda "Nasaf" bilan o'yin kutib turibdi.

- Hozir bugungi g'alabadan keyingi ijobiy hissiyotlarni engib o'tish kerak. "Nasaf" ajoyib klub va o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yadigan jamoa. Ajoyib stadionga ega. "Nasaf" bugungi kunda o'zbek futbolida etakchi. Biz barcha klublarni hurmat qilamiz va hech kimdan qo'rqmaymiz.



Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика