Andrey SHipilov: "Navbahor"ga ajoyib mehmondorchilik uchun minnatdorchilik bildiraman"
19 may 2019 21:23
Yangiliklar
Andrey SHipilov: "Navbahor"ga ajoyib mehmondorchilik uchun minnatdorchilik bildiraman"
“Navbahor” – “Metallurg” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey SHipilov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Yodingizda bo'lsa, o'tgan mavsumda ham jamoamiz Namanganda 0:0 hisobida durang qayd etgan edi. “Navbahor” jamoasiga ajoyib mehmonnavozlik uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular bizga yaxshi sharoitlarni yaratib berishdi. Hafta davomida shogirdlarimni bunday ko'psonli ishqiboz tashrif buyuradigan stadionda to'p surishga tayyorlashga intilgan edim. Birinchi bo'limda aytarli xavfli vaziyatlar yuzaga kelgani yo'q. Birinchi bo'limda biz to'pni nazorat qilishga urindik, ikkinchi taymda esa “Navbahor” uzun paslar va to'p uzatmalar orqali o'ynashga urindi. O'yin so'nggida bizda 2 ta yaxshi vaziyata yuzaga keldi. Lekin ulardan naf chiqara olmadik. Yakunda qayd etilgan natija o'yinga mos bo'ldi, - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar