So’nggi yangiliklar

20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  6 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  45 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2

Andrey Miklyaev: "Loko"ni chuqurlikdan chiqarish choralarini o'ylayapmiz, qidiryapmiz..." (to'liq versiya) Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Loko"ni chuqurlikdan chiqarish choralarini o'ylayapmiz, qidiryapmiz..." (to'liq versiya)

OCHL doirasidagi "Lokomotiv" - "Zob Ahan" (1:1) uchrashuvidan keyin "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanining to'liq qismini taqdim etamiz.

"Birinchi navbatda guruhdagi muvaffaqiyatsiz ishtirok uchun muxlislardan uzr so'raymiz. SHuningdek, bugungi noqulay ob-havoga qaramasdan bizga ishonib va jamoamizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan ishqibozlarga alohida rahmat aytmoqchimiz. O'yinga keladigan bo'lsak, biz g'alaba qozonishga intildik. Lekin yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Birinchi bo'limda yaqqol uchta imkoniyatni qo'ldan boy berdik. Bu kabi uchrashuvlarda vaziyatlardan unumli foydalanish lozim. Ustiga-ustak vaziyatlarni golga aylantirolmay turgan paytda o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborish yanada qiyinchilik tug'diradi. CHunki hisobda oldinga borayotgan jamoani quvish yanada muammolarni taqdim etadi. Ayniqsa bunday zich himoyaga ega jamoa mudofaa chizig'ini buzish ancha mushkul. Gol urdik, ammo juda kech. "Al Duhail" bilan bahsda qo'ldan chiqarilgan tayyor g'alaba ham pand berdi. OCHLda bu kabi ochko yo'qotishlar bilan guruhdan chiqish qiyin. Albatta guruhdan chiqa olmaganimiz alamli. Ammo bu yilgi OCHLda "Lokomotiv" katta tajriba to'pladi", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlishdi "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev.

SHundan so'ng "Lokomotiv" - "Zob Ahan" (1:1) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Islom To'xtaxo'jaev o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi:

- Bugun hammamiz 100% emas, balki 150% bor kuchimiz bilan harakat qildik. Omad kelmadi. Balki omad desam noto'g'ri bo'lar, chunki nechta o'yindan buyon muvaffaqiyatsizlikni omadga yuyish noto'g'ri bo'lishi mumkin. Balki mahorat etishmayaptimi? Stadionga kelgan va bizni kuchli yomg'ir yoqqaniga qaramasdan qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Ular haqiqiy futbol ishqibozlari, - dedi Islom To'xtaxo'jaev.

- Bilamiz, bu muvaffaqiyatsizliklar birgina sizni emas, balki tandemda ishlayotgan Mirko Yelichichni ham aybi. Miklyaev-Yelichich tandemi dastlabki mavsumda OCHLning chorak finaliga qadar borgandi. Ammo o'tgan mavsum va bu yili jamoa guruhdan ham chiqolmadi. Joriy mavsum endigina start oldi. "Lokomotiv" o'tkazilgan 12 uchrashuvda 6 marotaba mag'lub bo'lishga ulgurdi. Yana 3 o'yinda durang va bor-yo'g'i 3 g'alaba qo'lga kiritildi. O'tgan yili esa "Lokomotiv" barcha musobaqalarda jami 8ta mag'lubiyatga uchragandi. Siz esa takror va takror jamoada ichki muhit buzilganini inkor etib, hammasi yaxshi ekanligini takidlab kelyapsiz. Xo'p, hammasi yaxshi bo'lsa, unda "Loko"ga nima bo'ldi? Har gal mag'lubiyat yoki muvaffaqiyatsizlikni omadga bog'lash qanchalik to'g'ri? (SHahboz Beg'amov, "CA" jurnalisti)
Andrey Miklyaev: - Ichki muhit haqida gapiradigan bo'lsam, mana futbolchi oldingizda turibdi. Aytsin. Jamoaga keladigan bo'lsak, o'yinlarda yaxshi harakat qilyapmiz. Yugurishmoqda, harakat bor. Men biz jismonan yoki taktik va texnik taraflama kimgadir yutqazyapmiz demagan bo'lardim. "Lokomotiv"da ichki muhitni buzadigan nozik tabiat futbolchi yo'q. Murabbiy va futbolchilar o'rtasida hech qanday nizo yo'q. Faqatgina Rashidov bo'lgan holat bundan istisno. Kecha bu haqda o'zidan ham so'radingiz va javob berdi. Rashidov bilan bo'lgan holat futbolda uchrab turadi. Futbolchi hissiyotlarini jilovlay olmadi.

"Lokomotiv" ayni paytda chuqurlikka tushib ketganini tushunib turibmiz. Va biz birgalikda bu chuqurlikdan chiqishga harakat qilyapmiz. Nima qilish kerakligini o'ylayapmiz, choralarni qidiryapmiz. SHuningdek, jamoada jarohatlangan futbolchilar va diskvalifikaciyalar yuzaga keldi. SHu boisdan tarkibda rotaciya qilishga majbur bo'lyapmiz. Keyin taqvim masalasi bizga juda qiyin keldi. Biz ko'p vaqtni parvozlarga sarflab yuboryapmiz. Aytarli mashg'ulot o'tkazishga ham ulgurmayapmiz. Men nolimayapman. SHunchaki so'raganiz uchun javob beryapman xolos. Bilamiz, bu bizni ishimiz. "Loko"dagi ichki muhit haqida dangal gapiradigan bo'lsam, buni yomon deya olmayman. "Loko"da ahil oila bor. Bugun futbolchilar maydonga o'zlari, muxlislar va murabbiy shtabi uchun ham "jang" qilishdi.

- Islom, kechagi matbuot anjumanida Andrey Miklyaev ertangi o'yin balki murabbiylar shtabi uchun oxirgi imkoniyat bo'lishi mumkinligini takidlagandi. "Loko" etakchisi sifatida aytingchi, agarda rahbariyat Miklyaev-Yelichich tandemiga yana ishonch bildirishsa, unda jamoa ikkinchi davra yakuniga ko'ra kuchli-oltitalikka kira oladimi? (SHahboz Beg'amov, "CA" jurnalisti)
Islom To'xtaxo'jaev: - Kuchli-oltitalik uchun emas, jamoamiz faqat chempionlik uchun kurashadi. Biz ushbu shtab bilan ketma-ket ikki yil ham chempion va kubok sohibiga aylandik. Bu yilgi mavsumda oldimizga qo'yilgan asosiy maqsad - OCHLda guruhdan chiqish edi. Kuchli-oltitalik? Biz uchun ikkinchi yoki uchinchi o'rin ham natija emas. "Loko" faqat chempionlik uchun kurashadi. Rahbariyat ham futbolchilar borlarini berib kurashayotganini ko'rib, bilib turibdi. Ichki muhit haqida so'ragandiz, jamoa ayni paytda oldingi yillarga qaraganda yanada jipslashgan, birlashgan. Yana qaytaraman, biz kuchli-oltitalikni emas, chempionlikni o'ylayapmiz. Xudo xohlasa ushbu vazifani bajaramiz.

- Timur Kapadzening ketgani ichki muhitdagi kayfiyatga tasir qilmadimi? CHunki aynan Kapadze etakchiligida jamoa qator yutuqlar va g'alabalarga erishdi. Joriy mavsum avvalida murabbiylar shtabiga kirgan Kapadze martdan boshlab jamoadan butkul ketdi. Balki "Loko"ga Kapadze etishmayaptimi? (SHahboz Beg'amov, "CA" jurnalisti)
Islom To'xtaxo'jaev: - Kapadze singari futbolchi istalgan jamoa uchun yo'qotish bo'ladi. Ammo Kapadzening ketishini muhitga hech qanday tasiri yo'q. "Loko"da barcha ahil. Balki bu bizning jamoa uchun sinovdir. Hayot har doim ham yaxshi bo'lavermaydiku. Biz o'tkazayotgan har bir o'yinimizda 90 daqiqa hujum qilyapmiz. Ammo yakunda mag'lubiyat yoki durang bo'lib qolyapti. "Lokomotiv" bu muvaffaqiyatsiz seriyadan chiqib ketishga qodir. Xudo xohlasa biz buni uddalaymiz. Bunga ishonchim komil.

- "Loko" olib kelgan koreyalik hujumchi CHo Suk Jae navbatdagi transfer xatomi? (Narzulla Saydullaev, "CA" jurnalisti)
Andrey Miklyaev: - Menimcha, ha. Hozircha u jamoamiz o'yiniga qo'shilib ketolmayapti. Balki unga moslashish uchun vaqt kerakdir.

- SHerzod Karimovchi? CHunki bu futbolchini ham tarkibda qo'rmayapmiz... (Narzulla Saydullaev, "CA" jurnalisti)
Andrey Miklyaev: - Karimov oxirgi paytlar mashg'ulotlarda asosiy tarkib uchun kurashmayapti.

Islom To'xtaxo'jaev: - Qo'shimcha qilmoqchi edim. Bu ikkala futbolchi yangi jamoaga kelganiga endigina 2-3 oy bo'ldi. Futbolchilarni yangi muhitga, yangi jamoaga qo'shilib, ko'nikib ketishi uchun malum vaqt talab etiladi. Bazi futbolchilarga yangi joyga moslashib ketishi uchun 1-1,5 yil vaqt ham kerak bo'ladi. O'ylashimcha, ularga vaqt kerak. Ko'pchilik hozir Sardor Rashidovni tanqid qilmoqda. Unga ham qiyin. CHunki Rashidov BAAda 1 yil futbol o'ynamadi. Futbolchiga esa o'z sport formasini tiklab olishi uchun vaqt kerak bo'ladi. Menimcha, Rashidov o'zbek futboli uchun kerakli o'yinchi. SHu boisdan uni qo'llab-quvvatlasak foyda bo'ladi.

- Islom, o'tgan yili birga o'ynagan legionerlar bilan hozirgi kelgan legionerlarni farqi qanday? Yani, o'tgan mavsumda kelgan legionerlar bu yilgidan omadliroqmidi? Kone yoki Blessingni o'rni bilinyaptimi? (Nurali Yo'ldoshev, "Sport" kanali muxbiri)
Islom To'xtaxo'jaev: - To'g'risini aytsam, legionerlarni olishdan maqsad - OCHLda yaxshi ishtirok etish. Ketma-ket ikkinchi yili guruhda qolib ketdik. Bilmadim, balki mahalliy futbolchilar ularga yaxshi o'ynashlariga etarlicha yordam berisholmayaptimi, yana bilmadim. Ularga murabbiylar baho bergani maqul.


Andrey Miklyaev: "Istefo? Siz ham istefo berasizmi?"

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика