Andrey Miklyaev: “Kurashlarga boy o'yin uchun futbolchilarimga rahmat aytaman“
25 sen 2020 19:52
Yangiliklar
Andrey Miklyaev: “Kurashlarga boy o'yin uchun futbolchilarimga rahmat aytaman“
“Bugungi o'yin juda qiziqarli va murosasiz kechdi. Kurash, havfli vaziyatlar ko'p bo'ldi. SHuni aytishim mumkinki, biz maydonda borimizni berdik. G'alabaga yaqin kelayotgandik. Standatdan gol o'tkazib yubordik, raqib xatolarimizdan foydalandi. Kurashlarga boy o'yin uchun futbolchilarimga rahmat aytaman.
Biz har doim g'alaba uchun o'ynaymiz. Biz nafaqat tengma-teng, balki g'alaba qozona olishimiz mumkinligini isbotladik. To'g'ri, uch ochko qo'lga kirita olmadik. Nazarimda bir ochko ham yomon emas.
Raqibni turnir jadvalidagi o'rnidan ham qanday jamoaligini bilisa bo'ladi. “Metallurg” yaxshi jamoa, tajribali futbolchilarga ega. Bugun yutib ketishimiz mumkin edi.
Azizbek Amonov o'zini almashtirishni so'radi, unda jarohat bor edi. G'ulomovni joyini o'zgartirib, Qilichevni maydonga tushirdik. O'lmasalievni tushurishdan maqsad o'yinni kuchaytirish edi. Ko'rdingiz, bahs kurashlarga boy tarzda o'tdi.
Mag'lubiyatga uchramadik va durang qayd etdik. Albatta, qoniqmagan jihatlarimiz ham bor”, - deydi Miklyaev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar