So’nggi yangiliklar

12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  0 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  1 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  0 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  0 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3 09:38“Рома“ уч нафар футболчини 30 июнга қадар сотиши шарт  7 09:11ЦСКАнинг янги бош мураббийи мамлакатида қамалиши мумкин  0 08:43"Пахтакор" Тошкентда "Қўқон-1912"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 08:25КЖЧ. "Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0, Гюндогандан дубль  1 08:15Sofascore. Ҳусанов бугунги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  10 07:50Ўзбек футболчи учун тарихий кунда "Манчестер Сити" "Ал Айн"ни жуда йирик ҳисобда мағлуб этди  24 07:40Суперлига. "Пахтакор" "Қўқон-1912" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан"да эса камбек  0 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  7 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  3 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2

Andrey Miklyaev: "Islom To'xtaxo'jaev oldingi chiziqda ham yaxshi harakatlana oladi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Islom To'xtaxo'jaev oldingi chiziqda ham yaxshi harakatlana oladi"

Bugun oliy ligada 2016-yilgi mavsumning so'nggi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Turning markaziy matchida poytaxtimizning ikki grand jamoalari – “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” o'zaro bahs yuritishdi.

Qiziqarli ko'rinish olgan bellashuvda “Loko” Sardor Mirzaev tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g'alaba qozondi. O'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida “Temiryo'lchilar” ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Bugun omad bizga kulib boqdi. Yaratilgan qulay vaziyatlardan birini golga aylantira oldik va bu gol yakunda bizga g'alabani taqdim etdi. Uchrashuvda zafar quchganimizdan xursandman. Yigitlar bugun yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ular bergan vazifalarmizni to'liq uddalay olishdi.

Temurxo'ja Abduxoliqov maydonni tark etgach, Islom To'xtaxo'jaev oldingi chiziqqa o'tdi. U oldinda ham yaxshi harakatlana oladi. Buni Islom bir necha yillardan beri ko'rsatib kelmoqda. Ikki yil avval u hujumchi ortida ham o'ynaganini yaxshi eslayman.

Joriy yilgi mavsum juda ajoyib ko'rinish oldi. Uni biz oltin medallar bilan tugatyapmiz. Mavsum davomida bir qator futbolchilar o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsata olishdi. Jumladan, Eldor SHomurodov, Jaloliddin Masharipov hamda Yurica Bulyat men uchun 3 nafar eng yaxshi futbolchilar bo'lishdi.

SHu o'rinda takidlashim joizki, Server Jeparovda kichik jarohat bor. U hozir tibbiy muolaja olishi kerak. SHuni inobatga olib, Serverni kubok bellashuvida ham maydonga tushirmasak kerak…

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика