So’nggi yangiliklar

12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  2 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  1 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  3 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  9 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  23 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5

Andrey Kanchelskis: “Kelasi mavsum uchun bir qator o'yinchilarni ko'z ostimizga olganmiz” Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: “Kelasi mavsum uchun bir qator o'yinchilarni ko'z ostimizga olganmiz”

Teglar :  Andrey Kanchelskis
Coca Cola Superliga 25-tur doirasidan o'rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ishtirok etdi.

- Avvalo “Lokomotiv”ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Bugun maydonda bir-biriga munosib raqiblar to'p surdi va bunday jamoaga qarshi o'ynash yoqimli. Yigitlar birinchi bo'limda yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanishganida, jamoamiz hisobda oldinga chiqib olgan hamda o'yin surati boshqacha kechgan bo'lardi. Ammo har bir futbolchining individual xususiyati turlicha. Mahorat mehmonlarda biroz ustunlik qildi.

Ikkinchi bo'limda ham shogirdlarimda hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat yuzaga keldi. Lekin undan ham samarali tarzda foydalana olishmadi.

Umuman olganda, jamoamizda 2ta individual yaqqol golga tortadigan vaziyat yuzaga kelgandi. Ammo ushbu o'yinda mahorat asosiy planga chiqdi.

SHunday bo'lsa-da, yigitlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular maydonda qo'ldan kelganicha, barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda, harakat qilishdi. Ammo bu – futbol va unda o'ylagan rejang doimo amalga oshavermaydi.

SHuningdek, shunday sovuq havoda “Navbahor”ni qo'llab- quvvatlash uchun stadionga kelgan muxlislarga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- So'nggi turlar taqvimining tig'iz kelishi ham jamoangizning o'yinlariga o'z tasirini o'tkazyaptimi?


- Ikki oydan ko'proq vaqt davomida deyarli maydonga tushmadik va endi mavsum so'nggida bir hafta davomida 3ta o'yin o'tkazamiz.

Umid qilamanki, kelasi yili boshqacha reglament va o'zgacha taqvim bo'ladi hamda u jamoalar uchun ham ancha qulay bo'ladi.

Bir hafta oralig'idagi parvozlar, safarlar ham o'yinlarga o'z tasini o'tkazadi, albatta. To'g'ri, ayrim jamoalar joriy mavsumda o'z oldiga qo'yilgan vazifani deyarli hal qilib bo'ldi va bunday klublar uchun ochko ahamiyatsiz. Lekin turnir jadvalining quyi qismida borayotgan jamoalarga ochko juda zarur hamda ular oxirigacha kurash olib borishadi.

CHiroyli va yaxshi o'yin namoyish etish uchun tarkibda mahoratchi futbolchilar bo'lishi, zaxira o'rindig'i uzun bo'lishi lozim. SHundagina muxlislar jozibali o'yin gguvohiga aylanishadi. Axir futbol muxlislar uchun o'ynaladi-ku!

Ushbu omillar ham etiborga olinsa, yaxshi bo'lardi. Ammo hamma narsani borcha qabul qilamiz. Oldimizda yana bitta, yani safarda “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi kechadigan o'yin bor va o'sha bahsni munosib o'tkazib, keyin kelasi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Kelasi mavsumda kamida bronza medali uchun kurash olib borishga qodir bo'lgan tarkibni shakllantira olasizmi? Bunga sizda ishonch bormi?

- Albatta har bir murabbiyda ishonch bo'lishi kerak. Joriy mavsum arafasida ham ayrim mahoratli futbolchilarni jamoaga jalb etgandik. Lekin ayrim sabablarga ko'ra, ular bilan shartnoma imzolay olmagandik. Ayni paytda kelasi mavsum uchun bir qator o'yinchilarni ko'z ostimizga olganmiz va ular bilan muzokara olib borilmoqda. Tarkibimiz mahoratli futbolchilar bilan to'ldirilsa, kuchli uchlikdan joy olish uchun kurash olishga harakat qilamiz.

O'z navbatida sizga shuni takidlamoqchimanki, biz muzokara olib borayotgan barcha futbolchilar o'z jamoasining asosiy tarkib o'yinchilari hisoblanishadi.

Ko'z ostimizga olingan o'yinchilar bilan muzokaralar ijobiy yakun topgudek bo'lsa, ancha raqobatbardosh jamoa shakllanadi va shunga umid qilaman.



“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика