So’nggi yangiliklar

02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  0 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  5 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  7 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  2 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  27 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  4 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  6

Andrey Kanchelskis: “Birinchi navbatda oldimizda “Surxon” bilan o'yin turibdi” Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: “Birinchi navbatda oldimizda “Surxon” bilan o'yin turibdi”

Coca Cola Superliga 22-turidan o'rin olgan bahsda “Navbahor” Termizda “Surxon” mehmoni bo'ladi.

Jamoa azolari mazkur o'yinga tayyorgarlik doirasidagi Namangandagi so'nggi mashg'ulotni kecha yakunlashdi hamda Toshkentga jo'nab ketishdi. “Lochinlar” bugun Termizga jo'nashadi.

Bo'lajak o'yin oldidan “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisdan qisqacha intervyu oldik.

- “Surxon”ga qarshi kechadigan bahsga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rib, mashg'ulotlar olib boryapmiz. To'g'ri, bo'lajak o'yin oldidan tarkib borasida ayrim muammolar mavjud. Jumladan, safimizda jarohat olgan futbolchilar bor. Ammo bu hayot, bu futbol. Umid qilamanki, jarohatlangan jamoadoshlarining o'rinlarini boshqa o'yinchilar munosib ravishda to'ldira olishadi. “Surxon”ga qarshi kechayotgan tayyorgarlik doirasida Namanganda so'nggi mashg'ulotni o'tkazdik.

- O'tgan yakshanba kuni “Andijon”ga qarshi o'rtoqlik bahsi o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozondinglar. Sizningcha, ushbu yutuq ham bo'lajak uchrashuv oldidan futbolchilarning kayfiyatlariga ijobiy tasir ko'rsatadimi?


- Andijonliklar bilan bo'lgan o'yinni kimdir nazorat bahsi, kimdir o'rtoqlik uchrashuvi demoqda. Nima bo'lishidan qatiy nazar, bunday o'yinlarda natija muhim emas. Kerakli yuklamalardan so'ng, futbolchilarning jismoniy holatlarini ko'zdan kechirib olish maqsadida, ushbu bahsni tashkillashtirdik. “Andijon” bilan bo'lgan uchrashuvda o'yin amaliyoti kam bo'lgan yigitlarga maydonda ko'proq imkoniyat yaratib berdik, etakchi futbolchilarni esa hordiq berish maqsadida ertaroq alishtirdik.

Andijonliklarga qarshi kechgan bahsda ko'plab shogirdlarim jismoniy holatlari ijobiy ekanligini namoyish etishdi. Qolgan o'yinchilar ham munosib to'p tepishga intilishdi.
Umuman olganda, “Andijon“ bilan bo'lgan uchrashuvda yigitlarning namoyish etgan o'yinlari va jismoniy holatlaridan qoniqish hosil qildim. Albatta, g'alaba qozonish har doim yoqimli hamda shogirdlarimga ushbu yutuq bo'lajak bahs oldidan ijobiy kayfiyat tuhfa etadi, degan umiddaman.

- “Navbahor”ga qaytganingizdan so'ng, nihoyat, o'tgan turda jamoa “Dinamo” ustidan g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Mazkur yutuqdan so'ng, “Navbahor” ruhiy “o'ra”dan chiqdi, deb o'ylaysizmi?


- Bu haqda gapirishga hali erta. Oldinda yana 5ta o'yin bor. O'sha bahslarni o'tkazgandan so'nggina, bu haqda fikr bildirish mumkin. Ayni paytda jamoamizda sovrindorlar safidan o'rin olish uchun minimal imkoniyat bor va undan oqilona foydalanishga intilamiz. Birinchi navbatda oldimizda “Surxon” bilan bo'lib o'tadigan o'yin turibdi hamda mazkur bahsda g'alaba qozonib, muxlislarni xursand etish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика