Andrey Fyodorov: “O'yin duranga mos bo'ldi”

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2016, 22:41
“Qizilqum” – “Neftchi” bahsidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin duranga mos bo'ldi. Fikrimcha, golga tortadigan yaqqol vaziyatlar deyarli bo'lmadi. Bugun kimdir g'alabaga loyiq edi deb aytish qiyin. “Qizilqum”ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Biroq o'yin rejamiz bo'yicha o'tmadi. Maydon egalari kuchli pressingni amalga oshirib, bizni erkin harakat qilishga yo'l qo'yishmadi. Biz ham imkon qadar “Qizilqum”ga o'yin bermaslikka urindik. Mansur Saidov, Muxsin Ubaydullaev hamda Murod Bobojonov singari yetakchi futbolchilarning yo'qligi baribir o'yinimizga o'z ta’sirini o'tkazdi. Himoya va hujumda ularning o'rni baribir katta- dedi Fyodorov.  

“Neftchi” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia