Andrey Fyodorov: "Olimpiyachilarimizga omad yor bo'lsin"
16 jan 2016 15:23
Yangiliklar
Andrey Fyodorov: "Olimpiyachilarimizga omad yor bo'lsin"
Farg'onaning "Neftchi" klubi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov bugungi O'zbekiston - Iroq o'rtasidagi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Albatta olimpiyachilarimizning Qatardagi birinchi o'yinini hayajon bilan kuzatib bordik. Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda hakamning xatosi bizga qimmatga tushdi. Yigitlarimiz kamida durangga loyiq o'ynashgandi. Ammo hali imkoniyatimiz bor.
Bugun Iroqqa qarshi bahsda olimpiyachilarimizga faqat g'alaba yor bo'lishini tilayman. Xalqimiz O'zbekiston Olimpiada o'yinlariga yo'llanma olishini kutmoqda. Bu borada yigitlarga omad tilayman, - deydi Fyodorov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar