So’nggi yangiliklar

01:46Миллатлар лигаси. Германия, Греция ва Нидерландиядан йирик ғалаба, Украина эса кутилмаганда Албанияга мағлуб бўлди  0 01:23"Реал" жамоадаги захира ўйинчисининг ҳаракатларидан ҳайратда  1 00:55Эмерик Лапорт шу ёзда унга "Реал" қизиққани ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  0 00:22"Реал" Киммихни "Барселона"дан илиб кетмоқчи?  0 23:26"Ливерпуль" бир йилдан сўнг текинга "Байер"нинг асосий ўйинчиларидан бирини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 23:00Миллатлар лигаси. Англия Ирландиядан устун келди, Грузия, Молдова ва Арманистондан ишончли ғалаба  2 22:26FourFourTwo ўз талқинига кўра тарихдаги энг яхши итальян мураббийини эълон қилди  8 21:58Луис де ла Фуэнте "Барселона" футболчисининг жароҳатини маълум қилди  1 21:28Нима?! Серхио Рамос "Реал"га қайтиши мумкин  3 20:48Довбик жароҳат сабаб Украина терма жамоасидан Римга қайтди, "Рома" Шомуродовни кейинги ўйинга қўйиши мумкин  5 20:28Ўткир Юсупов қайтди, Ўзбекистон МТЖ машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  16 19:56Мадрид дербисидан аввал "Атлетико" "Реал"дан 2 кун кам дам олади. Бу Симеоне жамоасига ёқмаяпти  2 19:26Журналист: "Мураббий терма жамоани тарк этиши керак эди, унинг услублари эскирди"  9 18:44Трансфер мувозанати бўйича кўрсаткичларда АПЛ клуби 1,3 млрд евро зарарда экан  1 18:21Кроос Роналдунинг 900та голи ҳақида: "Машғулотларда урган голларимни қўшсам ҳам бунча бўлмайди"  3

Andrey Fyodorov: “Legionerlarimiz Turkiya yig'inida jamoaga qo'shiladi” Yangiliklar

Andrey Fyodorov: “Legionerlarimiz Turkiya yig'inida jamoaga qo'shiladi”

“Neftchi” futbol klubi reja asosida Oliy liga-2017ga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Yaqinda Toshkent yig'inini yakunlab Farg'onaga qaytib kelgan “Neftchi” vakillari ko'p o'tmay “Hokim Kubogi-2017” musobaqasiga kirishib ketishdi.  Dastlabki turda Farg'ona shahrining “Istiqlol” jamoasiga qarshi bellashgan “Neftchi” jamoasi durang natija qayd etdi. O'yindan keyin esa yaqindagi Moskva safaridan qaytib kelgan Andrey Fyodorovdan intervyu oldik. Murabbiy suhbat davomida Toshkent yig'ini, leogionerlar masalasi, Murod Bobojonovning “Lokomotiv” safiga o'tishi hamda Turkiya safari kabi mavzularga to'xtalib o'tdi.

TOSHKENT YIG'INI

– Toshkent yig'inidan ko'nglim to'ldi. Biroq ob-havo biroz noqulay kelgani sababli mashg'ulotlarni suniy maydonlarda o'tkazishga majbur bo'ldik. Oqibatda suniy qoplamali maydondagi mashg'ulotlarda barcha futbolchilar ishtirok eta olishmadi. CHunki engil jarohat olgan futbolchilarga bunday maydonlarda shug'ullanishga umuman mumkin emas. Qo'shimchasiga, sog'lom o'yinchilarni ham jarohat olish imkoniyati mavjud bo'ladi. Men xar qanday sharoitda ham mashg'ulotlar tabiiy chimli maydonlarda bo'lib o'tish tarafdoriman. Yigitlarning jismoniy holatidan ko'nglim to'q. Lekin taktik va o'yin amaliyoti jihatidan bazi bir futbolchilarni asragan holda ular bilan yakka guruhda mashg'ulot o'tkazdik.  O'rtoqlik bahslariga to'xtaladigan bo'lsam, ushbu bellashuvlarga jiddiy yondoshgan holda garchi nazorat o'yini maqomiga ega bo'lsada yigitlardan g'alaba talab qildim. Asosiy maqsad chempionatning ilk turiga jarohatlarsiz va optimal tarkib bilan etib borishdir.

YANGI FUTBOLCHILAR

– “Neftchi” yig'iniga etib kelgan yangi futbolchilardan Hamza Karimov haqida fikr bildiradigan bo'lsam, Karimovni nazorat bahslarida to'liq maydonga tushirmadik. CHunki tajribali futbolchi endigina jarohatdan qutulib chiqqandi. Hozirda uning saviyasi yomon emas. Faqat jismoniy holatini yanada yaxshilashi lozim. Toshkentda asosan dekabr va yanvar oyida jamoa safiga kelib qo'shilganlar bilan shug'ullandik. Yig'in so'nggida esa Mo'ydin Mamazulumovni jamoaga jalb etdik.  Mo'ydinni ham anchadan beri kuzatib kelardim. Uning tajribasiga shubham yo'q. Umid qilamanki, tajribali hujumchi tez orada jamoaga kirishib ketadi. Bunga biroz vaqt kerak. O'ylaymanki, Mo'ydin jamoamizga hali ko'p foydasi tegadi.

MUROD BOBOJONOVNING “LOKOMOTIV”GA O'TISHI


Mo'ydin Mamazulumovni jamoamizga bejizga taklif qilmadik. Sababi jamoamiz Murod Bobojonovdek asosiy hujumchimizni “Lokomotiv” jamoasiga ijaraga berdi. SHu sababli zudlik bilan uning o'rnini to'ldirishni amalga oshirdik.  Bobojonovga avvaldan etakchi klublar qiziqib kelardi.  Lekin biz Murodni “Lokomotiv”ga faqat ijaraga berdik xolos. U hali rasman “Neftchi” futbolchisi hisoblanadi. Murod Bobojonovning Toshkent klubiga o'tishi futbolchi uchun ham biz uchun ham foydali bo'ldi deb aytishim mumkin. Birinchi navbatda bizdan etishib chiqqan umidli hujumchimizda OCHL doirasidagi 6 ta bahsda to'liq ishtirok etish imkoniyati paydo bo'ladi. SHuningdek xalqaro musobaqada Osiyoning kuchli jamoalariga qarshi o'yinda katta tajriba yig'adi va futbolchi sifatida o'sishiga ulkan ko'mak bo'ladi. Undan tashqari  amaldagi chempiondan har doim ham mana shunday taklif bo'lavermaydi. Agar Murod Bobojonovning “Loko”dagi faoliyati omadli chiqsa biz uni Toshkent jamoasiga transfer qilishimiz ham mumkin. Yuqori saviyali futbolchilarni “Neftchi”dan etishib chiqishi jamoamiz nufuzini yanada oshirishiga shubham yo'q.



MOSKVA SAFARI

Avval aytib o'tganimdek,  jamoamizning xar bir chizig'iga yuqori saviyadagi o'yinchilarni jalb qilishni niyat qilganmiz. Moskva safarida legioner futbolchilar bilan muzokaralar o'tkazildi va bu jarayon hali hamon davom etmoqda. Yana bir  yangilik. Biz xorijlik futbolchilarimiz bilan og'zaki kelishuvga erishganimizni muxlislarga malum qilsam bo'ladi. Muxlislardan bu masalada biroz sabr qilib turishlarini so'rardim. Legionerlar kimlar, qaysi mamlakatdan va qaysi chiziq vakillari singari malumotlarni futbolchilar bilan rasman kelishuvga erishganimizdan so'ng elon qilmoqchimiz. Legionerlar Turkiyada bo'lib o'tadigan yig'inda “Neftchi” safiga qo'shilishi kutilmoqda. Hali muxlislarda mavsum oldi tanishtiruv marosimida ular bilan yuzma-yuz ko'rishish imkoniyati ham bo'ladi. Eng muhimi xorijlik futbolchilarimizning “Neftchi”ga foydasi tegishi kerak.  Ular bilan suhbatda O'zbekiston chempionati oliy ligasi va Farg'onadagi qarorgohimiz, jamoamiz haqidagi malumotlarni aytib o'tdim. Umuman olganda, legionerlar O'zbekiston chempionatida faoliyat olib borgan vatandoshlaridan bizdagi muhit haqida oz bo'lsada malumotlar bilib olishgan ekan. Bizga 2 ta chiziqqa legioner kerak.

“HOKIM KUBOGI-2017”

“Istiqlol” jamoasiga qarshi o'yin bilan turnirni boshladik. Albatta natijadan ko'nglim to'lmadi. Biroq o'yin borasida yigitlar yomon harakat qilishmadi. Toshkentdagi og'ir jismoniy mashqlardan so'ng futbolchilarda xordiq olish uchun vaqt kam bo'ldi. Toshkent safaridan keyinoq “Hokim Kubogi”ga kirishib ketdik. SHu sababli oz bo'lsada yigitlarda charchoq alomatlari bilindi. Jamoa o'yindan o'yinga kuchayib boradi. Xozir davom ettirayotgan har bir yig'inimiz va o'yinlar yangi mavsumga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

TURKIYA YIG'INI

Yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichining so'nggisi xorijda bo'ladi.  Turkiyadagi yig'inda 5 yoki 6 ta jamoalarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazishni reja qilib turibmiz. Raqiblar nomi esa tez orada malum qilinadi. Xorij safaridan asosiy maqsad Turkiyada kuchli raqiblarga qarshi o'yinda yigitlarning mahorati va o'yin amalyotini yanada oshirish hisoblanadi. Ruhiy jihatdan o'ziga bo'lgan ishonchini ortirish rejamiz tarkibiga kirgan. Aytish kerakki, Turkiya yig'ini jamoamiz uchun juda muhim axamiyatga ega hisoblanadi. CHet elga 5 fevral kuni yo'l olamiz, – dedi Andrey Fyodorov “Neftchi” matbuot xizmatiga bergan intervyusida.  

Bahodir Ergashev suhbatlashdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика