So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  0 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

Andres Inesta: Barselona futbolchisi bo'lish oson emas Yangiliklar

Andres Inesta: Barselona futbolchisi bo'lish oson emas

Barselona klubi va Ispaniya termasi yarim himoyachisi Andres Inesta Mundo Deportivo nashriga intervyu berdi. Suhbat chog'ida futbolchi kelajakdagi rejalari haqida gapirib o'tdi.


- Andres Inesta qanday inson?


- Futbolchi. Butun hayotim davomida o'sishga, jamoadoshlarimdan nimanidir o'rganishga, eng yaxshi bo'lishga va sovrinlar yutishga harakat qildim.

- Barselona safida 600dan ko'proq o'yin o'tkazdingiz. Ushbu natija siz uchun qanday ahamiyat kasb etadi?


- Bu ko'p yillar davomida tinimsiz mehnat qilganim, murabbiylar ishonchini oqlaganim bilan bog'liq. Har yili yangi darajaga chiqdim. SHu maqsadda o'z ishimga jiddiy yondoshdim. Barselona futbolchisi bo'lish osonmas.

- Klub safida 767ta o'yin o'tkazgan Xavining rekordini yangilamoqchimisiz?

- Bir narsa deyish qiyin. Kelajakda nima bo'lishini oldindan aytib berolmaysiz. Har qanday vaziyatda zaxira o'yinchisiga aylanib qolish hech gap emas. Umid qilamanki, shu ruhda davom ettiraman. Ko'ramiz, qanchalik uzoqqa borarkanman. Bugungi kunda holatim juda yaxshi. Asosiysi ham shu. Umuman olganda, ertangi kunni o'ylamayman.

- Rahbariyat faoliyatingizni Barselonada tugatishingizni istamoqda.

- Hamisha rahbariyat bilan muloqotda bo'lib turamiz. Necha marta ketishim mumkin edi. Bu muhim emas, eng avvalo, o'sha Inesta bo'lib qolishim lozim. Agar jamoaga yordam bera olmasligimni his qilsam, shu zahoti ketaman. Tabiiyki, asosiy tarkibdagi o'rnimni saqlab qolish oson kechmaydi. CHunki ilgarigidek yosh emasman, 32ga to'ldim. SHunga qaramay, maqsadim katta. Yana qanchalik uzoqqa borishim mumkinligini bilmayman. CHunki boshqa jihatlarni ham inobatga olish lozim. Umid qilamanki, yuqori saviyada hali ko'p o'ynayman.

- Kelajakda kim bo'lmoqchisiz: sport direktori, rahbar yoki murabbiy?


- Taqdir nima tayyorlab qo'yganini bilmayman. Bugun futbolchiman. SHunday ekan, hozir faqat shu haqda gapiraman. Agar faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng klubda ish taklif qilishsa, bajonidil rozi bo'laman. Ammo hozir faqat futbolchilik haqida o'ylayapman.

- Bir paytlari Luis Enrike bilan maydonda birga to'p surgansiz. Endi esa, u sizning murabbiyingiz...


- O'zaro munosabatlarimiz ajoyib. Luis bilan nafaqat futbol, balki boshqa narsalar haqida ham gaplashamiz. Hozir mening qachon va qancha o'ynashimni u hal qiladi.

- Nima uchun u sizga ukasidek munosabatda bo'lishini aytadi?

- CHunki ikki yil birga to'p surganmiz. Axir u ham barchamiz kabi oddiy inson.

- Sizningcha, kim bilan ishlash osonroq: Enrike, Gvardiola yoki Raykaard?


- Futbol tinimsiz o'zgarib turadi. Asosiysi - maqsadga erishish. Albatta, murabbiy ishonch bildirib tursa, futbolchi o'zini yaxshi his qiladi. Barselonaning har bir murabbiyi bilan yaxshi munosabatda bo'lganimdan xursandman.

- Luis Enrike kelganidan so'ng jamoa o'yin uslubi qanchalik o'zgardi?


- Barselona uslubini o'zgartirib bo'lmaydi. Klubga turli qarashga ega murabbiylar kelishadi, biroq usul oldingidek qolaveradi. O'zgarishlarga qo'l uriladi, deb hisoblamayman.

- SHu kunlarda Gvardiola Kamp Nouga qaytadi. Ammo Manchester Siti bilan. Pepni yana mag'lub etishga tayyormisizlar?


- Ha, yana shunday bo'lishini istaymiz. Lekin nima qilganda ham Gvardiola jamoamiz uchun yaqin insonligicha qolaveradi.

- Manchester Siti ham Barselona yoki Bavariya singari harakat qiladimi?


- Jamoa ichida turmay bu haqda bir nima deyish qiyin. Xosepning qanday ishlashini bilaman. U shogirdlari imkoniyatlarini yaxshi biladi va buni oldindan his qiladi.

- Klaudio Bravoning ketishi haqida nima deysiz?


- Bu uning shaxsiy ishi. Klaudio jamoamizda qolmoqchi edi. Lekin bu erda raqobat o'ta kuchli. Har bir inson o'z taqdirini o'zi hal qilishga haqli.

- Barselonaning joriy mavsumdagi maqsadlari qanday?


- Muxlislar yana sovrinlar yutishimizni istashadi. O'tgan ikki yil ichida ko'plab yutuqlarga erishdik. SHunga qaramay, to'xtashni istamaymiz. Har bir mavsumni noldan boshlaymiz.

- Joriy mavsum barcha turnirlarda g'olib chiqish mumkinmi?


- Hozir oktyabr. SHunday ekan, bashorat qilish qiyin. Lekin biz hamisha g'alaba uchun maydonga tushamiz.

- Lionel Messining Argentina termasidagi holati haqida qanday fikrdasiz?


- Bazan barchasi siz istagandek bo'lmaydi. Har qanday vaziyatda ham u jamoasiga foyda keltirish tarafdori.

- Messini boshqa klubda tasavvur qila olasizmi?

- Yo'q. Bu haqda hattoki, o'ylamayman ham. Ishonchim komil, Leo faoliyatining oxiriga qadar Barselonada o'ynaydi.

- Messi bilan uning o'yini xususida gaplashganmisiz?


- Albatta. Unga hamisha Kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo'lgansan, deyman. Jamoamizda shunday futbolchining borligi ajoyib. U bilan futboldan tashqarida ham ancha yaqinmiz.

- Ispaniya termasi Rossiyadagi jahon chempionatiga boradimi?


- Umid qilamanki, buning uddasidan chiqamiz.

J.BOBOXONOV tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика