So’nggi yangiliklar

00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  6 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  3 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6

Andrey Kojokar: "Lokomotiv"da o'zimni namoyon qila olmay tark etganim alamli" Yangiliklar

Andrey Kojokar: "Lokomotiv"da o'zimni namoyon qila olmay tark etganim alamli"

"Lokomotiv" klubida faoliyat olib borgan Andrey Kojokar O'zbekistonni tark etishidan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"To'g'risini aytsam O'zbekistonni tark etayotganim biroz alamli, Toshkentga, odamlarga o'rganib qolgandim. O'zbekistondagi qisqa faoliyatim menga hayotiy tajriba bo'lib xizmat qilmoqda. O'zimni ko'rsata olmadim, bunga imkon bo'lmadi. Sportchiga ishonmaslik eng og'ir holat. Bitta narsadan xafaman "Lokomotiv"da o'zimni yorqin namoyish eta olmay ketayapman" - deydi Andrey Kojokar.

- "Lokomotiv" futbol klubi haqida qanday fikrdasiz?

- Klub chempion bo'lish uchun katta ishlarni amalga oshirmoqda. Jamoa to'g'ri yo'lda ekaniga ishonaman. G'alaba qozonish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman.

- Nima deb o'ylaysiz bu erda o'zingizni to'liq namoyish etishga nima xalal berdi?
- Menimcha bunga bosh murabbiy o'zgargani tasir qildi. Jamoaga Vadim Abramov olib kelindi, uning o'yinga boshqacha qarashlari mavjud ekan.

- Endigi rejalaringiz, qaerga yo'l olasiz?
- O'z uyimga ketayapman, oilam bilan birga dam olmoqchiman. Kelajagim haqida hech nima deya olmayman. Balki, O'zbekistonga qaytarman. Bundan faqat xursand bo'lardim.

- So'nggi so'z o'rnida nima deya olasiz?
- Rahbariyat va futbolchilarga rahmat aytaman, meni qo'llab turgan klub muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, "Lokomotiv" o'z oldiga qo'yilgan barcha maqsadga eta oladi. Men aynan shu jamoa muxlisi bo'lib qolaman.

Ro'zimurod Usmonov.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика