Andrey Baklanov: "Finalga chiqish uchun bor kuchni ishga solamiz"
18 fev 2014 07:07
Yangiliklar

Andrey Baklanov: "Finalga chiqish uchun bor kuchni ishga solamiz"
Mahoratli posbon Andrey Baklanov bugungi kunda "Qo'qon-1912" sharafini himoya qilmoqda.
PFL Kubogi ishtirok etayotgan qo'qonliklarning yarim finalga yo'llanmani qo'lga kiritishida ushbu darvozabonning hissasi katta bo'ldi. Negaki, Baklanov bankirlarning tajribali hujumchisi Zayniddin Tojiev tomonidan amalga oshirilgan penaltini qaytarib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. Mazkur o'yindan so'ng Andrey Baklanov bilan suhbatlashdik.
Bugungi o'yin oson o'tgani yo'q - deya gap boshladi Baklanov. - Raqibimiz "NBU-Osiyo" safida etakchi futbolchilar ko'p bo'lishiga qaramay bu jamoani mag'lubiyatga uchrata oldik. Albatta, bu g'alabadan keyin yarim finalga yo'l oldik va biz bundan xursandmiz.
- Penalti bu lotoreya demakdir. Uni qaytarishning hech qanday siri yo'q. Faqat bu ko'proq omadga bog'liq. Tabiiyki men ham darvozam tomon belgilangan 11 metrli to'pini qaytarishga urindim. Bu vaziyatda hakam to'g'ri qaror qabul qildi. CHunki haqiqatdan ham penalti bor edi.
- Endi yarim finalda "Paxtakor-2"ga qarshi o'ynaydigan bo'ldik. Nasib qilsa bo'lajak bahsga ham astoydil tayyorgarlik ko'rib, finalga chiqish uchun bor kuchni ishga solamiz. Aslida PFL Kubogidagi maqsadimiz guruhdan keyingi bosqchiga chiqish edi va bu vazifa uddalangach, endilikda bosh sovrinni qo'lga kiritish uchun kurashamiz. Bu yil ilk bor bu turnirda ishtirok etyapmiz. SHunga qaramay natija chakki bo'lmayapti.
- Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni ham ko'ngildagidek kechmoqda. Qo'qonda va Toshkentda yig'inlar tashkil etildi. Mashg'ulotlar ham yuqori darajada o'tkazilmoqda.
- O'zimga keladigan bo'lsak, avvalgi sport formamni asta sekin tiklab bormoqdaman. Umid qilamanki, chempionat boshlanguniga qadar hammasi yaxshi bo'ladi.
- Himoya chizig'imizda Xurshid Uzoqboev, Aleksandr Kritinin kabi ilgari oliy ligada o'ynagan futbolchilarning harakat qilayotgani ham qaysidir manoda biz darvozabonlarga ham qo'l kelmoqda. CHunki bu futbolchilarda tajriba katta.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Foto: 14.04.2007. "Traktor" - "Nasaf

Fikrlar