So’nggi yangiliklar

15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  1 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  3 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  10 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  9 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  4 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3

Andrea Pirlo: "Men o'sishga erishdim. Yangi mavsumda ham o'zimni "Yuventus" murabbiyi sifatida ko'ryapman" Yangiliklar

Andrea Pirlo: "Men o'sishga erishdim. Yangi mavsumda ham o'zimni "Yuventus" murabbiyi sifatida ko'ryapman"

"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo yakunlangan mavsum haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi va kelajagi borasidagi savolga javob berdi.

"Men uchun mavsumni Italiya Kubogini va ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritgan holda yakunlash muhim edi. Men doimo bor kuchimni bajarayotgan ishimga bag'ishlayman va mana buning natijasi. Kelajagim borasida qaror qabul qilishi kerak bo'lgan insonlarning navbati keldi. O'zimni keyingi mavsum ham "Yuventus" ustozi sifatida ko'ryapman. Bu haqida rasman elon qilishdan faqatgina baxtli bo'lardim, ammo hozircha erishgan natijalarimizdan zavqlanishimiz mumkin.

Yangi mavsumda "Yuventus" yanada kuchayishiga ishonaman. Bazi futbolchilar o'z iqtidori va nimalarga qodir ekanligi haqida tasavvurga ham ega emas. Biz elkama-elka harakat qilsak, albatta to'g'ri yo'nalishda davom etib, maqsadga erishamiz. Yangi mavsumda ham birga bo'lsak, bizda kuchli poydevor bo'lardi.

Men hech qachon qo'rquv ichra qolmaganman. SHunchaki, mashg'ulotlar jarayonini yo'lga qo'yish, yigitlarga nimalarni istayotganimni tushuntirish uchun vaqt kerak bo'ldi. Tarkibda bu qadar ko'p chempion bilan ish boshlash oson bo'lmadi, lekin hamma menga ko'maklashishga harakat qildi. Men murabbiy sifatida o'sishga erishdim. Mavsum turli sabablarga ko'ra og'ir bo'ldi, ammo bu meni yanada kuchliroq qildi", — deya Pirlo so'zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.



Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика