So’nggi yangiliklar

21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  4 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  283 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  0 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  2 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  7 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   7 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  21 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4

Andrea Pirlo - italiyalik "javohir" Yangiliklar

Andrea Pirlo - italiyalik "javohir"

Andrea Pirlo 1979 yil 19 may kuni Italiyadagi Lombardiyaning Flero shaharchasida dunyoga kelgan.

Ushbu futbolchi jahon futboli tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri hisoblanadi. Uning jarima zarbalari, oshirmalari, uzoqdan beradigan zarbalari aniqligi bilan barchani hozirgacha hayron qoldirib keladi.

Pirlo 16 yoshligida "Breshia" safida A Seriyada debyut qiladi. Andrea ikki yil davomida ushbu klub tarkibida 47 marotaba Italiya chempionatida maydonga tushib, raqib darvozasini 6 marotaba aniq nishonga oladi. 1998 yilda "Inter" 18 yoshli italiyalikni xarid qiladi, ammo Pirlo uch yil ichida milanliklarning A seriyadagi 22ta uchrashuvida maydonga tushadi va 1999 yilda "Inter" uni "Rejina"ga, 2001 yilda esa "Breshiya"ga ijaraga berib yuboradi. Breshiyadagi ijaradan so'ng "Inter" Pirloni 10 mln. AQSH dollar evaziga "Milan"ga sotib yuboradi va "maestro" bu klubda asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi.


 Andrea 10 yil davomida "Milan" sharafini himoya qilib A Seriyaning 284 uchrashuvida maydonga tushadi va o'z hisobiga 32ta gol yozdirib qo'yadi. Andrea "Milan" bilan ikki marotaba va CHempionlar ligasini va yana shuncha skudetto yutib oladi.


2011 yil 18 may kuni Andrea Pirlo mavsum oxirida "Milan"dan ketishini malum qiladi. Oltin kundan so'ng u "Yuventus" bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Pirlo "Yuventus"da yanada yoshargandek ko'rinadi. Yangi jamoada Andreadan juda ko'p narsani kutishadi, lekin Pirlo ularning kutganidan ham ortiqroq bo'lib chiqadi. U turinliklar safidagi birinchi uchrashuvidayoq o'yinni o'z qo'liga oladi va boshqa qo'yib yubormaydi. Antoni Kontening bir qarcha eksperimentidan so'ng Pirlo o'zining sevimli joyiga qaytadi. "Yuventus"ning deyarli har bir hujumi Andrea orqali o'tar edi.  Pleymeyker A Seriyadagi birinchi mavsumida 3ta gol urib, 13ta golli pas beradi. Pirlo 2643ta oshirma amalga oshirgan edi, uning eng yaqin taqibchisi esa Pirlodan 500ta kam pas oshirgan edi. To'p oshirishlarining aniqligi 86,8%. Bu natija bo'yicha faqat Xavi "Yuve" yarim himoyachisini ortda qoldirgan edi.


2015 yilning 26 aprelida Pirlo "Torino" darvozasiga jarimadan gol urib, A Seriya tarixidagi eng ko'p jarima zarbasini aniq amalga oshirgan futbolchiga aylanib oladi. 6 iyul kuni Andrea Pirlo AQSHning "Nyu-York Siti" safiga qo'shiladi.

Terma jamoa

Pirlo Italiya terma jamoasidagi o'zining birinchi o'yinini 2002 yilning 7 sentyabrida Ozarbayjonga qarshi o'tkazadi. Evro-2004dagi ikkinchi o'yinidan so'ng u milliy jamoaning markaziga egalik qila boshlaydi.


2000 yilda u yoshlar birinchiligida Evropa chempioniga aylanadi, 2004 yilda Afinada o'tgan Olimpiya o'yinlarida bronza medali sohibi, 2006 yilda esa jahon chempioni bo'ladi.

2008 yildagi Evropa chempionatida u Italiya terma jamoasining deyarli barcha uchrashuvida maydonga tushadi. Franciyaga qarshi o'yinda ikkinchi sariq kartochkani olgan Pirlo Ispaniyaga qarshi hal qiluvchi bahsni o'tkazib yuboradi.

Evro-2012da Pirlo kumush medal sohibiga aylanadi. Andrea shu kungacha Italiya terma jamoasi safida 115ta o'yinda ishtirok etib, 13ta gol urishga ulgurgan.

SHaxsiy hayot

Pirloning birinchi va yagona muhabbati Debora bo'lgan, Andrea uni 18 yoshligida uchratib qolgan. Ammo Andrea "Inter"ga o'tishi munosabati bilan Milanga ketishga majbur bo'ladi, Deboraning otasi esa qizini qo'yib yubormaydi va sevishganlar bazi-bazida uchrashib turishar edi. Ushbu juftlik 2001 yilning yozida turmush qurishadi. Pirloning birinchi farzandi Nikkolo Breshiyada dunyoga keladi. 2006 yilda Pirlo ikkinchi marotaba ota bo'ladi va qizaloqqa Anjela deb ism qo'yishadi. Pirlolar oilasi suratkashlarni juda yomon ko'radi va bu oilani kechki bayramlarda ham uchratish qiyin.



Omonjon To'xtamirzaev 
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика